Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi
Bishkek sudi mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni mol-mulkini musodara qilish bilan birga sirtdan 11 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. U hukmni adolatsiz ekanini ta’kidlamoqda.

Foto: Mixail Metsel/TASS
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha xalqaro sud oldida mahkamaga tortilishiga tayyorligini bildirdi.
«Prezident Sadir Japarov go‘yo muvaqqat hukumat Bakiyev ishi bo‘yicha ochiq sud jarayonidan qo‘rqishini aytdi. U meni korrupsiyadan tortib qotillikkacha bo‘lgan boshqa ko‘plab jinoyatlarda ham aybladi. Shuning uchun men rasmiylarga aniq qadam taklif qilaman: Rim statutini ratifikatsiya qiling va Bosh prokuraturaga Xalqaro sudga murojaat qilish bo‘yicha topshiriq bering. Men sudda shaxsan qatnashib, barcha ayblovlarga javob berishga tayyorman», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Atambayev hukumatga Qo‘y-Tosh voqealarining barcha ishtirokchilarini ozod qilishni taklif etdi, chunki uning fikricha, bu ish uydirma.
«Mamlakat rahbariyatiga murojaat qilaman: bunchalik pastkashlik qilmang, bunchalik mayda-chuyda bo‘lmang - qamoqxonalarda va shartli ravishda noqonuniy ravishda ushlab turilgan barcha begunoh odamlarni, aslida Qo‘y-Tosh ishi va boshqa uydirma jinoyat ishlari bo‘yicha «garovga olinganlarni» ozod qiling. Bu odamlar faqat o‘z huquqini himoya qilgani va adolatli Qirg‘izistonni orzu qilgani uchun jazolanmoqda. Ularning bundan keyin ham qamoqda saqlanishi - davlat va hukumat uchun, mamlakat rahbari uchun sharmandalikdir. Agar hukumat adolat istayotgan bo‘lsa, xalqaro tribunaldan qo‘rqmaydi. Agar Haaga meni aybdor deb topsa, har qanday muddatni panjara ortida o‘tkazishga tayyorman», dedi Atambayev.
3 iyun kuni Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni mol-mulkini musodara qilish bilan birga sirtdan 11 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek, prezident ma’muriyatining sobiq rahbari Farid Niyozov va parlamentning sobiq deputati Ravshan Jyeenbekov 7 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum etildi va sud zalida hibsga olindi.
2019 yilning 7 avgust kuni Bishkek yaqinidagi Qo‘y-Tosh qishlog‘ida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining (GKNB) «Alfa» guruhining maxsus bo‘linmalari Atambayevni kuch bilan hibsga olishga urindi va bu sobiq davlat rahbari tarafdorlari bilan qurolli to‘qnashuvga aylandi. Maxsus kuchlarning bir askari o‘q yeb halok bo‘ldi. «Alfa»ning olti nafar jangchisi qo‘lga olindi va ertasi kuni qo‘yib yuborildi. 2019 yil 8 avgustida maxsus kuchlar sobiq davlat rahbarini yana hibsga olishga uringan paytda to‘qnashuvlar davom etdi. Shundan so‘ng Atambayev Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari xodimlariga taslim bo‘ldi va hibsga olindi. 7-8 avgust voqealari chog‘ida 225 kishi, jumladan, Ichki ishlar vazirligining 91 nafar, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining 40 nafar xodimi jarohatlandi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

21:03 / 18.07.2025
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

19:04 / 18.07.2025
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

09:22 / 18.07.2025