O‘zbekiston | 16:19 / 29.05.2025
1019
1 daqiqa o‘qiladi

Mebel va yog‘ochsozlik rivojiga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi

“Mebel va yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Foto: Shutterstock

2025–2028 yillarda mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;
  • eksport hajmini 100 mln AQSh dollariga yetkazish;
  • sohada 50 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash.

2029 yil 1 yanvargacha qarorda belgilangan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona boji 1 foiz stavkada qo‘llanadi.

2025 yil 1 iyuldan o‘z xonadonida faoliyat yuritadigan YaTTga mebel mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

2025 yil 1 avgustdan mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli bo‘lgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Mavzuga oid