Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Toshkentda shahar Adliya boshqarmasi aloqa operatori, Qashqadaryoda esa Milliy Gvardiyaning Qo‘riqlash boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi xodimi tezkor tadbirda ushlandi. Ular ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolardan pul olgan.

Foto: DXX
Hududlarda pul evaziga IIBga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Toshkent shahar Adliya boshqarmasida oddiy aloqa operatori lavozimida ishlab kelgan, 1992 yil Urganch shahrida tug‘ilgan shaxs Xonqa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni o‘zining mansabdor yaqin tanishlari orqali ichki ishlar organlariga mo‘may pul evaziga oson ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Qolaversa, bu shaxs lavozimlarning mavqei va mansabiga qarab o‘zicha narx ham belgilab olgan: oddiy askarlar tarkibidagi lavozimlarga kiritib qo‘yish uchun 1 500 AQSh dollari, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga ishga qabul qilish uchun esa 2 000 AQSh dollari talab qilgan.
DXX Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda adliya xodimi vositachi orqali 1 900 AQSh dollari va 1 mln 295 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Milliy Gvardiyaning Qo‘riqlash boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi xodimi qo‘lga olingan. U Koson tumanida yashovchi bir fuqaroni o‘zining mansabdor tanishlari orqali viloyat IIBga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 000 AQSh dollari olgan.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qonunchilik palatasida muxolifatning kafolatli huquqlari kengaymoqda
O‘zbekiston | 09:51
-
O‘zbekiston ayrim import tovarlariga qo‘llanadigan ikki karra bojni bekor qiladi
O‘zbekiston | 09:46
-
Zelenskiy: Rossiyalik barcha harbiy jinoyatchilar javobgarlikka tortiladi
Jahon | 09:45
-
Isroil Eron Markaziy banki va qator tuzilmalarini «terrorchilik tashkiloti» deb e’lon qildi
Jahon | 09:34
Mavzuga oid

09:02
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?

10:52 / 25.06.2025
Urganch shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

11:51 / 23.06.2025
Qo‘shko‘pir tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 8 yilga qamaldi

19:06 / 21.06.2025