Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ayrim import tovarlariga qo‘llanadigan ikki karra bojni bekor qiladi
Senatorlar Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida bir qator tovarlar importiga ikki karra boj solishni bekor qiluvchi o‘zgartirishlarni ma’qulladi.

Foto: senat.uz
Oliy Majlis Senatining bugun bo‘lib o‘tayotgan sakkizinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun muhokama qilindi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda respublika importining 32,3 foizi erkin savdo rejimi o‘rnatilgan mamlakatlar, 61,4 foizi eng ko‘p qulaylik berish rejimi qo‘llanayotgan davlatlar hissasiga va qolgan 6,3 foizi savdo rejimi belgilanmagan davlatlar yoki ishlab chiqargan mamlakati aniqlanmagan tovarlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Xususan, respublikaga import qilinayotgan tovarlarning 95 foizi Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlardan, qolgan 5 foizi esa ushbu tashkilotga a’zo bo‘lmagan davlatlardan olib kelinmoqda.
Shularni inobatga olgan holda, mazkur qonun bilan Bojxona kodeksiga eng ko‘p qulaylik berish rejimiga ega bo‘lmagan davlatlardan O‘zbekistonga keltirilayotgan tovarlar uchun tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat mavjud bo‘lmaganda import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinmoqda.
Shu bilan birga, bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgandan so‘ng davlat budjetiga o‘tkazilishi belgilangan bojxona to‘lovlarining muddati 5 ish kunidan 3 ish kuniga qisqartirilyapti.
«Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan milliy qonunchilik normalarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish orqali tashqi savdoni adolatli qoidalar asosida amalga oshirishga, import va eksport ko‘lamini kengaytirishga erishiladi», — deyiladi xabarda.
Muhokama yakunida mazkur qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

21:29 / 13.07.2025
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi

23:23 / 08.07.2025
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

21:57 / 04.07.2025