O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning noyabr oyida O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi va investorlar forumi bo‘lib o‘tadi.
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar ma’lum qilgan.
Toyvo Klaarning aytishicha, noyabr oyida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida iqtisodiyot va sarmoyaviy forum o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda tadbirkorlik sohasidagi mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiyot va sarmoyaga bag‘ishlangan birinchi forum Qirg‘izistonda, ikkinchisi esa Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid

14:10
Transafg‘on loyihasi 2027 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilyapti

07:47
YeI sammitida Isroil G‘azoda inson huquqlarini poymol etayotganiga urg‘u berildi

15:45 / 26.06.2025
Harbiy xarajatlarni oshirayotgan Yevropa va NATO mudofaasiga sodiq Tramp - Haagadagi sammit tafsilotlari

07:34 / 26.06.2025