Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transafg‘on loyihasi 2027 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilyapti
Afg‘onistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari shu yil Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo – Hindiston" formatidagi vazirlar uchrashuvi yakunlarini keng yoritdi.

Foto: Kun.uz
Jumladan, ushbu mamlakatning Afghanistan milliy TV va Ishonch TV telekanallari hamda Tolo news axborot agentligi tomonidan mazkur tadbirga bag‘ishlangan teledasturlar va maqolalar e’lon qilindi.
Tolo news axborot agentligi tarqatgan maqolada O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Dehlida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo –Hindiston" to‘rtinchi vazirlar uchrashuvi va ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida Transafg‘on loyihasi mintaqa mamlakatlari uchun muhimligini ta’kidlagani qayd etilgan.
"O‘zbekiston TIV rahbari mazkur loyiha Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi eng qisqa transport yo‘nalishiga aylanishi va mintaqa davlatlarining savdo-sotiq hajmini oshirishga zamin yaratishi mumkinligini aytib o‘tdi", – deyilgan nashrda
Maqolada yozilishicha, mazkur loyiha Afg‘oniston hududi bo‘ylab 573 kilometrni tashkil etadi va mamlakat loyihaning amalga oshirilishidan manfaatdor. "Mahalliy iqtisodiy ekspertlar, Transafg‘on loyihasining amalga oshirilishini savdo, tranzit va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim qadam deb hisoblamoqda. Xususan, iqtisodiy tahlilchi Mir Shokir Yoqubiyning aytishicha, ushbu loyiha Afg‘onistonni mintaqadagi iqtisodiy ahamiyatini oshiradi va qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalarini mustahkamlaydi. Afg‘onistonning bir nechta cheklangan portlarga qaramligini kamaytiradi va yirik global bozorlar va portlarga kirishni osonlashtiradi".
Afg‘oniston OAV Transafg‘on loyihasi Markaziy va Janubiy Osiyoni dunyoning boshqa mintaqalari bilan tranzit orqali bog‘lashga qaratilganini, uning qiymati salkam 7 milliard AQSh dollariga baholanayotganini va loyiha 2027 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilganini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

15:04 / 07.07.2025
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida

23:21 / 03.07.2025
“Tasodifiy, lekin yaxshi kontekst” - ekspertlar Ozarboyjonga tashrifning geosiyosiy ahamiyati haqida

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

20:45 / 30.06.2025