Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston elchici Farrux Tursunov Santander bank ijrochi direktori Ignasio Saldivar bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: AP
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Ispaniya ikki tomonlama iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari va o‘zaro sheriklikning aniq yo‘nalishlari xususida fikr almashildi.
Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. O‘zbekistonda ispan kompaniyalarining bozorga kirib kelishiga ko‘maklashuvchi, o‘zaro manfaatli investitsiyalarni rag‘batlantirish va biznesni rivojlantirish imkonini beruvchi BancoSantander filialini ochish taklifi bildirildi.
Bank xizmatlari va tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekiston banklari uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlash va kredit liniyalarini ochish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bunday hamkorlik yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha resurslar taqdim etadi hamda kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatini oshiradi.
Muzokaralar chog‘ida yirik infratuzilma va sanoat obektlarini loyihaviy moliyalashtirish jihatlari hamda energetika sohasidagi innovatsion yechimlarga e’tibor qaratildi.
Xususan, Ispaniya banki bir qator muhim loyihalarni moliyalashtirishga katta qiziqish bildirgan. Ular orasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OGMK) va O‘zbekistonning Solar Nature MChJ kompaniyasi bilan hamkorlikda quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish dasturi bor.
Muzokaralar ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, hamkorlikning yangi formatlarini ishlab chiqish, ushbu vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar uchun ekspertlar darajasida maslahatlashuvlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvlar bilan yakunlandi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

23:30 / 25.06.2025
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi

14:54 / 20.06.2025
Ispaniya bosh vaziri YaIMning 5 foizini mudofaaga sarflashga qarshi

08:48 / 18.06.2025
Fransiya va Ispaniya rossiyaliklar uchun viza qoidalarini qat’iylashtirdi

00:22 / 18.06.2025