"Ha – yo‘q" radioo‘yini muallifining armonlari
Kun podkastiʼning bu galgi sonida teleboshlovchi, radioboshlovchi hamda aktyor Muzaffarbek Mirzabekov bilan uning otasiz katta bo‘lgani, bolalik vaqtlarida oilasiga yordam berish uchun somsa yopib sotganligi, teleboshlovchilikning oltin qoidalari, nutqni ravon qilish usullari, hatto farzandini tuproqqa qo‘yib, ertasiga jonli efirga chiqishga majbur bo‘lgani, efir davomida boshlovchilarning raqsga tushishlari, telekanallardagi reyting mashmashasi va boshqa aktual mavzularda suhbatlashdik.

Suhbatimizni bugun men sizning ismingizdan boshlashni lozim topdim, Muzaffarbek, ismingizni kim qo‘ygan?
– Ismimni onamlar qo‘yganlar, hamisha g‘olib bo‘lsin deb.
Avvalida har bitta kasbda qiyinchilik bo‘ladi. Siz o‘sha g‘olib bo‘lish uchun, Muzaffar degan nomga ega bo‘lish uchun qanaqa qiyinchilik davrlarni boshdan o‘tkazgansiz?
– Endi yaxshi maqol bor-ku, “jon kuydirmasang jonona qayda, tog‘ga chiqmasang do‘lona qayda” deydi. Nohaqliklar bo‘lgan, balki u yerda men nohaq bo‘lgandirman. To‘siqlar ham bo‘lgan, busiz iloji yo‘q, mening yuqori lavozimlarda ishlaydigan hech qanaqa qarindosh-urug‘im yo‘q. Avvalambor mehnat, ko‘pchilik aytadi, gapiraveradi ular deb, ko‘pchilikda mehnat, 99 foiz mehnat, 1 foiz iste’dod. Mehnat, usiz iloji yo‘q, mehnat qilmasangiz bo‘lmaydi. Shuning uchun men birinchi navbatda har doim aytaman, bu narsani aytishdan ham charchamayman. Mana shunaqa menga yordam bergan, ya’ni yaxshi ma’noda g‘oyalarimni qo‘llab-quvvatlagan, vaqtida qani qila oladimi, yo‘qmi, deb meni sinagan ustozlarim Furqat aka Zokirovga, Akrom aka Mahkamovga kattakon rahmat deyman, umrlari uzoq bo‘lsin.
Muzaffar bo‘lib tanilishimda shu insonlarning hissasi juda ham katta. Ustozlar juda ham ko‘p Qahramon aka Ashurov, Obid Asomov, To‘xtamurod Azizov, Botir Muhammadxo‘jayev, Mirzabek Xolmedov institutda dars berganlar. Men hammalariga rahmat deyman. Bir intervyuda taniqli insonning bir zo‘r gapi menga yoqdi. O‘zimdan bir yosh katta bo‘lsa ham aktyorni, aktrisani men o‘zimga ustoz deb bilaman.
Bolalikda kimdir u kasbda, kimdir bu kasbda ishlaydi-ku, sizni ham qaysidir kasblarga qo‘yishganmi?
– Albatta, men bolaligimda 5-sinfdan oshxonada ishlaganman, somsaxonada somsa yopganman, somsa sotganman, piyoz to‘g‘raganman, piyoz chopganman, institutni bitirgunimcha ishlaganman. Bundan tashqari institutga kira olmaganimda bir yil “Mikon” zavodida oddiy chilangar bo‘lib ishlaganman. Institutda o‘qiyotganimda tirikchilik qilish kerak deb 1993 yil birinchi bo‘lib Ahror Qo‘shmatov ikkalamiz yangi yil arafasida xonadonma-xonadon yurib, men Qorbobo kiyimida bolajonlarni tabriklab yurardik.
Sizning hamma muvaffaqiyatlaringizga sababchi inson sifatida birinchi o‘ringa ko‘tarish kerak bo‘lsa, kimni ko‘targan bo‘lar edingiz?
– Albatta, onamni, busiz iloji yo‘q. Chunki men bitta kichkina narsani aytib beraman, mana shu institutga imtihon topshirayotgan paytimda ertalab vaqtli borilardi. Ijodiy imtihon topshirilardi, hech qanaqa test-pest degan narsalar yo‘q. Borardik, oyimga oyi, qolavering siz, desam, yo‘q derdilar, bitta kosaga yoki bonkaga ovqat solib olib borardilar. O‘sha yerda kutib o‘tirardilar, qachon navbatingiz keladi bilmaysiz, mabodo qornim ochib qolsa, “bu yoqqa kel, mana bu yerga o‘tir, mana buni yeb olgin”, derdilar. “Oyi qo‘ying”, desam, “yeb ol, yeb ol”, derdilar. “Oyi, men uyalaman”, desam, “nimaga uyalasan? Uydan olib kelganmiz, ana, chetga o‘tib yeb ol, men navbatingga qarab turaman”, derdilar.
Bolalikdan ishlash orqali kimgadir yoki o‘zingizga nimanidir isbotlamoqchi bo‘lganmisiz? Yoki uydagi, oiladagi biror kam-u ko‘stni to‘ldirish niyati bo‘lganmi?
– Men otasiz o‘sganman. Hammada shunaqa fikr bo‘lardi: otasiz o‘sgan bola yoki qiz, albatta, yaxshi yo‘lga yurmaydi, yomon bo‘lib ketadi, buzilib ketadi, o‘g‘ri bo‘ladi, degan tushuncha hali ham odamlarda bor. Men shu stereotipni buzish niyatida bo‘lganman, ya’ni otasiz o‘sgan bola hech qachon yomon bo‘lmaydi, deb shuni isbotlash uchun harakat qilganman.
Shunda 5-sinfligingizda shu narsani anglab yetganmisiz, ya’ni otasiz farzand yaxshi yoki yomon bo‘lishi haqidagi fikrlar shu 5-sinfligingizda xayolingizdan o‘tganmi?
– Yo‘q, undan kichkinaligimda bunaqa fikr bo‘lgan. Lekin hammasi yig‘ilib-yig‘ilib kelgan. Insonga ong degan narsa berilgan-da. Inson mana shu yerda, ongida hamma narsani saqlab qoladi, hisob-kitob qilib, hamma narsani, balandni o‘lchab, xulosa chiqaradi.
Nimani xotirangizda bunchalar qattiq saqlab qolgansiz?
– Ha, ko‘p narsalarni…
Suhbatni to‘liq shaklda Kun podkasti You Tube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
Jamiyat | 19:35
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
Mavzuga oid

15:21 / 01.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev

20:30 / 10.05.2025