Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiya, Eron va KXDRni «qotillar koalitsiyasi» deb atadi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasining mamlakat fuqarolik infratuzilmasiga tungi dron va raketa hujumini qoraladi. U hamkorlar bilan Ukraina osmonini himoya qilishni kuchaytirishni muhokama qilishga va’da berdi.

Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official
«Ushbu zarba to‘rt hududdagi obektlarga zarar yetkazdi. Bu kechada jami 352 ta dron, jumladan, 159 tasi shahedlar, 16 ta raketa kuzatildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyadan olingan ballistika ham qo‘llangan», deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 23 iyun, dushanba kuni ertalab Telegramʼdagi sahifasida. U Rossiya, Eron va KXDRga qo‘shni bo‘lgan barcha davlatlar o‘z vatandoshlarining hayotini himoya qilish haqida o‘ylashi kerakligini ta’kidlab, ushbu davlatlarni «qotillar koalitsiyasi» deb atadi.
«Bugun Buyuk Britaniyaga tashrifim chog‘ida men hamkorlarim bilan aynan shu mavzuda — mudofaamiz haqida gaplashaman, u ancha kuchli qo‘shma mudofaa uchun asos bo‘lishi kerak. Shuningdek, biz Rossiyaga ushbu urush uchun bosim o‘tkazish va zarbalarni to‘xtatish bo‘yicha yangi va kuchli qadamlar haqida kelishib olamiz», — dedi Zelenskiy bayonotida.
Kiyev viloyatining Belotserkovskiy tumanida 23 iyunga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukraina poytaxti va viloyatiga hujumi natijasida kamida bir kishi, 1957 yilda tug‘ilgan ayol halok bo‘ldi, dedi Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati (KVHM) rahbari Nikolay Kalashnik. Bundan tashqari, Belotserkovskiy tumanida xususiy uylar va turar joy binosiga zarar yetgan, tibbiyot muassasasi joylashgan mehmonxona binosi vayron bo‘lgan.
Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, Kiyevga zarba oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 15 dan ortiq kishi jarohatlangan. O‘n kishi, jumladan, ikki bola va homilador ayol qutqarib qolindi. Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Rossiyaning Ukraina poytaxti va mamlakatning boshqa hududlariga uchuvchisiz uchoqlar, ballistik va qanotli raketalar yordamidagi hujumi deyarli tun bo‘yi davom etgan.
Kiyev shahar harbiy ma’muriyati (KShHM) ma’lumotlariga ko‘ra, «Svyatoshin» metro bekati infratuzilmasi shikastlangan, chiqishlardan biri vaqtincha yopilgan. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Darnitskiy tumanida ikki qavatli turar joy binosi zarar ko‘rgan. Desnyanskiy tumanidagi turar joy binosi hovlisida chuqur o‘ra paydo bo‘ldi. Ukraina poytaxtining Shevchenko tumanida besh qavatli binoning kirish qismi vayron bo‘ldi. Vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Rossiya qo‘shinlari 23 iyunga o‘tar kechasi Ukrainaga Shahed tipidagi hujumkor 352 ta uchuvchisiz uchoq va turli xil imitator dronlar, 11 ta «Iskander-M/KN-23» ballistik raketalari va 5 ta «Iskander-K» qanotli raketalari bilan hujum qildi», — deya xabar berdi Ukraina Havo kuchlari o‘zining Telegram-kanalida. Unga ko‘ra, uchirishlar Kursk, Shatalovo, Orel, Bryansk, Millerovo, Primorsk-Axtarsk va Taganrogdan amalga oshirilgan. «Hujumning asosiy yo‘nalishi Kiyev shahri edi!» - deya ta’kidlandi Ukraina qurolli kuchlarida.
Xabarga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari 354 ta havo hujumi qurolini, jumladan 7 ta «Iskander-M» va 5 ta «Iskander-K» raketalarini urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. «Dushmanning havo hujumi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarbalar 6 ta joyda, shuningdek, Kiyev shahri va Kiyev viloyatidagi 25 ta joyda qayd etildi», — deyiladi ukrainalik himoyachilar bayonotida.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

16:42 / 11.07.2025
Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi utilizatsiya qilinishi mumkin

16:30 / 11.07.2025
Mers Rossiyadan Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun 500 mlrd yevro to‘lashni talab qildi

14:49 / 11.07.2025