Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat to‘liq stavkada faoliyat yuritadi
“Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi, jumladan:
🔹 oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari, shu jumladan, ularga filial sifatida biriktirilgan muassasalar hamda mahalla tibbiyot punktlari biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib, yuridik maqomga ega oilaviy poliklinikalarga hamda ularning filiallariga aylantiriladi;
🔹 oilaviy poliklinikalarda aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi oilaviy shifokor, pediatr, akusher-ginekolog va tashxislash xizmatlarini ko‘rsatuvchi mutaxassislar, shuningdek, autsorsing asosida stomatologiya xizmati yo‘lga qo‘yiladi;
🔹 aholiga oilaviy shifokorni erkin tanlash huquqi beriladi.
Shuningdek, tibbiyot brigadasiga 3 ming nafar, zarur hollarda, belgilangan me’yorlarga qo‘shimcha aholi biriktirilishi mumkin. Bunda 2030 yilga qadar 1 tibbiyot brigadasiga ko‘pi bilan 1,7 ming nafar aholi biriktirilishi strategik maqsad etib belgilanadi.
Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat to‘liq stavkada faoliyat yuritadi.
Oilaviy poliklinikadan 10 kilometrdan uzoq masofada joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi uchun tibbiyot xodimlarining sayyor tibbiy xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

12:01 / 04.06.2025
O‘rmon agentligi tashkil etildi

13:41 / 27.05.2025
Sog‘liqni saqlash sohasining yangi modeli qanday joriy etiladi?

13:51 / 23.05.2025
Tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi

12:25 / 22.05.2025