Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Oq uy ishdan bo‘shatilgan MXK xodimlarini qaytarmoqchi
Yangi tahdidlar fonida Oq uy AQSh Milliy xavfsizlik kengashida kadrlar yetishmasligini his qildi, deb yozadi Bloomberg. Idora xodimlari avvalroq Donald Tramp tomonidan qisqartirilgan edi.

Foto: Al Drago/Bloomberg
Oq uy AQSh Milliy xavfsizlik kengashi (MXK)ga xodimlarni yollash bo‘yicha sa’y-harakatlarni tikladi va shu bilan avvalroq mamlakat prezidenti Donald Tramp belgilagan idorani qisqartirish bo‘yicha yo‘nalishni tubdan o‘zgartirdi. Bu haqda 24 iyun, seshanba kuni xabardor manbalarga tayanib, Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, MXK xodimlarini qayta tiklash AQSh davlat kotibi Marko Rubio ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilmoqda. May oyidan beri u AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi vazifasini ham bajarib kelmoqda. Rubio bu lavozimni MXKning sobiq rahbari Mayk Uols iste’foga chiqqanidan keyin egalladi.
Bloomberg manbalarining ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati AQSh prezidenti may oyi oxirida «bir kunda» qisqartirgan MXK xodimlarining kamida bir qismini qaytarishni taklif qilmoqda. Agentlik taxminiga ko‘ra, bunday harakatlar Tramp ma’muriyatida so‘nggi oylardagi tashqi siyosat masalalarini, jumladan, keskin AQSh-Xitoy munosabatlarini, Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan harbiy amaliyotini, AQShning Eronga hujumlari oqibatlarini va Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini hal qilish uchun zarur bo‘lgan kadrlar yetishmasligidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, Bloomberg suhbatdoshlaridan biri MXKda sodir bo‘layotgan voqealarni hozirgi siyosiy vaziyatga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob sifatida emas, balki agentlik tarkibini qayta qurish deb ta’riflaydi.
Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashi odatda AQSh ma’muriyatining tashqi siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirishda muhim rol o‘ynaydi va Markaziy razvedka boshqarmasi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor. Agentlik xodimlari, odatda, turli vazirliklarning tajribali mutasaddilaridir. Kengash tarkibiga siyosiy tomondan tayinlanganlar ham kiradi.
Donald Tramp AQSh prezidenti etib qayta saylanganidan so‘ng, respublikachi va sobiq harbiy ofitser, bu ish uchun tegishli tajribaga ega Mayk Uolsni Milliy xavfsizlik kengashi rahbari etib tayinladi. Garchi Tramp MXKga qattiq ishonmaydi va uning xodimlari yetarlicha sodiq emas deb gumon qilsa-da, u va Uols o‘rtasida ochiq to‘qnashuvlar bo‘lmagan.
Uols mart oyi oxirida Signal messenjeridagi guruh suhbatida AQSh harbiy rejalari muhokamasi tufayli mojaroga aralashib qolganidan keyin vaziyat biroz o‘zgardi. Uols tasodifan suhbatga The Atlantic jurnalining bosh muharriri Jyefri Goldbergni qo‘shib qo‘ydi. Jurnalist bir necha kun chatda bo‘lgan va Tramp ma’muriyati vakillari, jumladan, mudofaa vaziri Pit Hegset, davlat kotibi Marko Rubio, vitse-prezident Jyey Di Vens, AQSh Milliy xavfsizlik kengashi a’zolari va Uolsning o‘zi Yaman husiychilariga qarshi bo‘lajak operatsiyani muhokama qilganini ko‘rgan.
Tramp o‘z ma’muriyati xodimlari xavfsizlik protokollarini buzganini va noprofessional ish tutganini tan olishdan bosh tortdi, aksincha, vaziyatni yoritgan jurnalistlarni qoraladi. Biroq, Oq uydagi OAV manbalariga ko‘ra, o‘shandan beri Uolsning iste’fosi vaqt masalasiga aylandi.
May oyi boshida Tramp Uolsni AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga o‘tkazdi. O‘sha oyning oxirida esa MXKning yuzdan ortiq xodimi zudlik bilan ma’muriy ta’tilga jo‘natilganligi to‘g‘risida rahbarlaridan ogohlantirish oldi. NBC News xabariga ko‘ra, ishdan bo‘shatishlar kengashning 350 nafar xodimining kamida yarmiga ta’sir ko‘rsatgan. Bloomberg shuningdek, may oyining oxiridan beri MXKda bor-yo‘g‘i bir necha o‘nlab odam ishlagani, Tramp esa AQSh tashqi siyosatini shakllantirishga yordam berish o‘rniga agentlik faoliyatini uning buyruqlarini bajarish uchun qisqartirishga uringanini yozadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

00:46
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi

20:17 / 24.07.2025
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi

12:21 / 24.07.2025
AQSh Kiyevga 322 mln dollarlik harbiy yordamni sotishni ma’qulladi

07:40 / 24.07.2025