Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
O‘zbekistonda 5491 ta ko‘p kvartirali uyda joylashgan 13 798 ta lift uskunasi to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, foydalanish muddati o‘tgan 2001 ta liftni yangilash, 382 tasini ta’mirlash kerakligi aniqlandi. Buning uchun mahalliy budjetlardan 854,6 mlrd so‘m ajratiladi.

Foto: Kun.uz
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qayd etishicha, O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uy-joylardagi lift uskunalarining texnik holatini yaxshilash va aholiga xavfsiz sharoit yaratish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Xavfsiz lift” yagona idoralararo platformasi doirasida liftlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning reyestri yuritiladi. Ushbu reyestrga tashkilotlarning liftlarni o‘rnatish va ta’mirlash faoliyati uchun berilgan ruxsatnomalar, ularning amal qilish muddati hamda xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi belgilangan.
Mamlakatdagi 5491 ta ko‘p kvartirali uyda joylashgan 13 798 ta lift uskunasi to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov natijasiga ko‘ra, foydalanish muddati o‘tgan 2001 ta liftni yangilash va 382 tasini ta’mirlash zarurligi aniqlandi.
Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan jami 854,6 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni qiyinlashtirildi
Jahon | 20:22
-
Zelenskiy Buyuk Britaniya qiroli bilan uchrashdi
Jahon | 20:15
-
Fors ko‘rfazi davlatlari «arab shengeni» joriy qiladi
Jahon | 20:12
-
Furqat tumanida mahalla raisi hokimlikdagi yig‘ilishdan chiqib vafot etdi
O‘zbekiston | 19:42
Mavzuga oid

18:07 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda

09:32 / 01.04.2025
Toshkentda lift ichida qulflanib qolgan bola qutqarildi

21:02 / 26.03.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 7 apreldan 16 maygacha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi

16:55 / 17.03.2025