Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
FVV qutqaruvchilari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylarning biridagi liftda qamalib qolgan ona va bolani qutqardi. Bu so‘nggi 10 kunda Toshkent shahrida liftda qamalib qolish bilan bog‘liq 5-holat.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarda liftda qamalib qolish holatlari ko‘paymoqda. Qutqaruvchilar yaqin kunlarda 5 holatda lift ichida qolib ketgan fuqarolarni olib chiqishdi.
FVV xabariga ko‘ra, bugun, 9 aprel kuni soat 11:51 da poytaxt FVBga “112” tizimi orqali Mirzo Ulug‘bek tumani Avayxon ko‘chasida joylashgan “dom”lardan biridagi liftda fuqarolar qolib ketgani haqida xabar kelib tushgan. Aytilgan manzilga zudlik bilan FVB qutqaruvchilari yetib borgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida lift ochilib, ichidagi ona va bola sog‘-salomat qutqarilgan.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 2025 yil 3 aprel kuni ham liftda qamalib qolish holati kuzatilgandi. O‘sha kuni soat 3:40 da tumanning Niyozbek yo‘li 6-tor ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi lift qulflanib qolgani, uning ichida fuqarolar qolib ketgani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Manzilga yetib borgan qutqaruvchilar liftni ochib, ichkaridagilarni olib chiqishgan.
Shu kabi holatlar 1 va 7 aprel kunlari Yunusobod, 8 aprel kuni esa Shayxontohur tumanida kuzatilgan. Shayxontohurdagi holatda liftda qamalib qolganlar yon devordan tuynuk ochish orqali olib chiqilgan.
Oldinroq Yashnobod tumani Normuhammedov dahasi 12-uyning liftida ham nosozlik yuz bergandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, lift ichidagi odamlari bilan birga harakatdan to‘xtab qolgan. O‘shanda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Yashnobod tumani hokimi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi vakillari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan holatni joyiga borib muhokama qilgan edi.
Avvalroq Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutaxassisi Husniddin Shodiyev Kun.uz bilan suhbatda liftlardagi noxush holatlarning sabablariga to‘xtalgandi. Vazirlik mas’ul may oyiga qadar “Xavfsiz lift” platformasi ishlab chiqilib, joriy qilinishini bildirgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi
Jahon | 11:47
-
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston | 11:40
-
Tramp Ukrainaga mudofaa uchun qo‘shimcha qurol yuborishga va’da berdi
Jahon | 11:31
-
O‘zbekistonning Serbiyadagi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 11:16
Mavzuga oid

23:41 / 07.07.2025
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi

19:00 / 07.07.2025
Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas – MMTV

18:43 / 07.07.2025
Toshkentda yuk mashinasi avtobus bekatiga borib urildi

22:35 / 05.07.2025