O‘zbekiston OTM Malayziyaning ilmiy yutuqlaridan foydalanadi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Putra universiteti (UPM) rektori, doktor Ahmad Farhan Mohd Sadulla bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston prezidentining joriy yil fevral oyida Malayziyaga oliy darajali tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni hayotga tatbiq etish, qo‘shma tadqiqotlarni olib borish, startaplarni rivojlantirish, innovatsion va barqaror yechimlar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
1,245 gektar maydonda joylashgan ulkan kampusga ega UPM ilmiy tadqiqotga asoslangan ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitetda qator laboratoriyalar, tadqiqot markazlari va ekin dalalari, o‘rmonlar, shifoxona, shuningdek, veterinariya shifoxonasi, sport kompleksi va energetika tarmoqlari kabi o‘ziga xos ilmiy-amaliy va innovatsion tizim barpo etilgan.
Putra universiteti rahbariyati oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq, xususan qishloq xo‘jaligi, muhandislik, veterinariya, o‘rmon xo‘jaligi, irrigatsiya, atrof-muhit muhofazasi, o‘simlikshunoslik, nano- va biotexnologiya kabi sohalarda O‘zbekistonning tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining boy tajribasini e’tirof etgan holda, Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan yaqin hamkorlik qilish va o‘zaro tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi.
Muzokaralar yakunida tomonlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalarini o‘z ichiga olgan anglashuv memorandumlarini ishlab chiqish va imzolash, shuningdek, o‘zaro manfaatli amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi
Jahon | 23:50 / 02.07.2025
-
Andijonda profilaktika inspektori pichoqlandi, Qo‘yliq yo‘lida megatirbandlik yuzaga keldi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:39 / 02.07.2025
-
Ozarboyjon–Rossiya ziddiyatlari nimadan darak?
Jahon | 23:12 / 02.07.2025
-
Yevropa AQShning Kiyevga zenit raketalari yetkazib berishni to‘xtatish qaroridan «hayratga tushdi»
Jahon | 23:03 / 02.07.2025
Mavzuga oid

15:47 / 01.07.2025
Qirg‘iziston oliygohida mamlakatga umuman kelmagan o‘zbekistonlik talabalar aniqlandi

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

12:11 / 25.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar

19:47 / 24.06.2025