Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodavlat OTMlarda qabul yilda ikki marta o‘tkazilishi mumkin
Nodavlat ta’lim tashkilotlari qabul jarayonini bir yilda ikki marotaba – 15 oktyabrgacha hamda 15 fevralgacha amalga oshirish taklif etilmoqda.

Foto: Kun.uz
«Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkilotlari qabul jarayonini bir yilda ikki marotaba – 15 oktyabrgacha hamda 15 fevralgacha amalga oshirish taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, qarorda qabul parametrlarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishish ham nazarda tutilgan.
Shuningdek, loyihada quyidagilar kiritilgan:
- abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish va bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazishni davlat ta’lim tashkilotlariga belgilangan talablar asosida amalga oshirish;
- nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv, ilmiy va ma’muriy jarayonlarni boshqaruvchi hamda ta’lim sifatini nazorat qiluvchi axborot tizimining mavjud bo‘lishi.
Bunda nodavlat ta’lim tashkiloti o‘z axborot tizimini vazirlikning ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlariga integratsiya qilishi shartligi belgilanadi.
Amaldagi litsenziya asosida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu qo‘shimcha litsenziya talabi kuchga kirgan vaqtdan boshlab 5 yil ichida mulk huquqi asosida zarur bino va inshootlarga ega bo‘lishi talab etiladi.
Mazkur talab prezident qarorlari asosida faoliyati tashkil etilgan ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga (HEMIS) kiritilmagan va registratsiyadan o‘tkazilmagan ta’lim oluvchilarga o‘qish yakuni bo‘yicha davlat namunasidagi tegishli hujjat berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
-
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda
O‘zbekiston | 21:33
-
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi
O‘zbekiston | 21:14
Mavzuga oid

23:51 / 10.07.2025
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

15:45 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi

21:59 / 07.07.2025
Magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi

08:09 / 07.07.2025