Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Malayziyaning Nexus Green Resources Sdn Bhd kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badrul Xisham va direktorlar kengashi raisi Ng Su Bun boshchiligidagi delegatsiyaning Qashqadaryo viloyatiga biznes-missiyasi tashkil etildi.

Foto: Dunyo
Safar viloyatda kichik turdagi gidroelektr stansiyalarini (GES) qurishga sarmoya kiritish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida uyushtirildi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Murod Azimov Malayziya delegatsiyasini qabul qildi. Muloqot chog‘ida ushbu jabhadagi loyihani viloyatda amalga oshirishda kompaniya hokimlik tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilindi.
Malayziya vakillari viloyatda mavjud daryo va kanallarda suv oqimidan oqilona foydalangan holda GES qurish loyihasini mahalliy hamkorlar bilan birga amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, Nexus Green Resources Sdn Bhd va Xitoyning Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd. kompaniyalari mutaxassislaridan iborat jamoa viloyatda joylashgan daryo va kanallarga tashrif buyurib, ularda kichik GESni joylashtirishning texnik imkoniyatlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rgandi.
Mavzuga oid

08:28 / 09.07.2025
Malayziya O‘zbekistonda "halol" oziq-ovqat sanoatini rivojlantiradi

07:51 / 04.07.2025
Malayziya O‘zbekiston OTMlari uchun ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarni taqdim etdi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025