Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliyev: Ozarboyjon AQSh bilan do‘stlik va sheriklikka alohida ahamiyat beradi
Ilhom Aliyev Donald Trampga AQSh milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Foto: AP
Ozarboyjon AQSh bilan do‘stona munosabatlar va sheriklikka alohida ahamiyat beradi.
Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning amerikalik hamkasbi Donald Trampga Amerika Qo‘shma Shtatlari milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida aytiladi. Murojaat matni Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Ozarboyjon rahbari xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, terrorizm va uning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashish, energetika xavfsizligi sohasida va boshqa qator muhim yo‘nalishlarda faol va samarali hamkorlik qilish ikki davlat o‘rtasidagi yaqin sheriklikning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.
«Amerika Qo‘shma Shtatlari uzoq yillar davomida Ozarboyjonning energetika sohasida sodiq hamkori bo‘lib kelganini mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. Yaxshi an’analarga asoslangan va mustahkam poydevorga qurilgan bu boradagi hamkorligimiz bugun ham muvaffaqiyatli davom etmoqda», — dedi davlat rahbari.
U Boku AQSh tomonidan Ozarboyjonning energetika strategiyasiga ko‘rsatilayotgan doimiy qo‘llab-quvvatlov, shuningdek, mintaqada barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi ulkan loyihalarni amalga oshirishini yuksak qadrlashini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada taniqli siyosatshunos Yekaterina Shulman sirtdan hibsga olindi
Jahon | 10:28
-
Germaniyada poyezd izdan chiqib ketdi, qurbonlar bor
Jahon | 10:23
-
O‘zbekiston-Vengriya maxsus industrial zonasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:16
-
Rossiya Markaziy banki ketma-ket ikkinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 10:01
Mavzuga oid

07:36
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi

21:49 / 27.07.2025
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp

18:30 / 27.07.2025
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

14:00 / 27.07.2025