Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
Mahalla qurilishida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri noyob me’morchiligi va diqqatga sazovor joylarining taniqli elementlaridan foydalaniladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Yangi Toshkent shahrida «Peterburg mahallasi» bo‘ladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Nikolay Linchenko boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida shaharsozlik va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, Yangi Toshkent shahrida hududlararo sheriklik aloqalarini mustahkamlashning ramzi sifatida «Peterburg mahallasi» turar joy va jamoat makonini barpo etish g‘oyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Sankt Peterburg vitse-gubernatori Nikolay Linchenko so‘zlariga ko‘ra, loyiha «eski» Toshkentning sharqiy qismiga tutash yangi shaharning bir qismiga aylanadi va O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan konsepsiya doirasida amalga oshiriladi.
«Hozir o‘zbekistonlik hamkasblar bilan birgalikda ishlab chiqilgan konsepsiya bo‘yicha loyihani takomillashtirishda davom etmoqdamiz. Biz mahalla qurilishida Sankt-Peterburgning noyob me’morchiligi va diqqatga sazovor joylarining taniqli elementlaridan foydalanishni rejalashtirmoqdamiz. «Peterburg mahallasi» hududidagi ko‘cha va yo‘l tarmog‘ini investor quradi. Qurilishni boshlash 2026 yilga mo‘ljallangan», dedi Linchenko.
Uning eslatishicha, mahallani tashkil etishga peterburglik mutaxassislarni jalb qilish tashabbusi 2023 yilda bo‘lib o‘tgan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ilgari surilgan. Loyiha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Yangi Toshkent shahrini qurish direksiyasi» bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

21:25 / 09.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi

16:51 / 18.06.2025
Prezident «Toshkent-Sharqiy» aeroporti qurilishini borib ko‘rdi

22:17 / 16.06.2025
Yangi Toshkent shahrigacha metro quriladi

22:02 / 05.06.2025