Yangi Toshkent shahrigacha metro quriladi
Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat bo‘lishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yo‘lovchini tashiydi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni Toshkent shahrida rejalashtirilgan qurilish va jamoat transporti loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
13 may kuni shu masala bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishlarni ilmiy rivojlantirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.
Bugungi taqdimotda shu borada bajarilgan ishlar haqida axborot berildi. Topshiriqqa binoan, yangi loyihalashtirilayotgan ko‘p qavatli binolarning xavfsizlik talablariga mosligi qayta o‘rganib chiqilgan. «O‘zGAShKLITI», Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, sanitariya-epidemiologiya kabi 10 ga yaqin tashkilotning ilmiy-texnik xulosalari olingan. Ta’kidlanishicha, yangi talabga ko‘ra, ko‘p qavatli binolarning zilzilaga bardoshliligi 9 balldan kam bo‘lmaydi. Har bir shunday loyiha bo‘yicha yig‘ma xulosa qilinadi.
Osmono‘par inshootlar, yangi majmualar ko‘paygani sari ularga barqaror elektr energiyasi ham zarur. Shu bois Chilonzor tumanida 160 megavattli yangi podstansiya qurilishi rejalashtirilgan. Bu orqali shu hududdagi bo‘lajak loyihalar uchun qo‘shimcha quvvat paydo bo‘ladi, hozirgi tarmoqlarga yuklama tushmaydi.
Shuningdek, ushbu tumanda 20 ming metr kub sig‘imga ega suv rezervuari barpo etilishi mo‘ljallangan. Natijada Shayxontoxur, Chilonzor va Uchtepa tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti uzluksizligi ta’minlanadi. Kuniga qariyb 8 ming kilovatt soat elektr tejaladi.
Toshkent shahri ko‘plab ishbilarmonlik tadbirlari, forum va ko‘rgazmalarga mezbonlik qilmoqda. Shunday joylardan biri Central Asian Expo Uzbekistan – CAEx majmuasi. Xalqaro anjumanlar doirasida turli uchrashuvlar ham o‘tkazilishini inobatga olib, bu yerda muzokara zallari qurilishi ko‘zda tutilgan.
Metropolitenni Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan. Buni 2 bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Birinchi bosqichda Chilonzor yo‘lining Pushkin bekatidan Toshkent halqa yo‘ligacha yer yuzasi bo‘ylab metro yo‘li quriladi. Ikkinchi bosqichda u yerdan Toshkent traktor zavodi dahasining shoh bekatigacha yerosti yo‘li barpo etiladi.
Shuningdek, transportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida mazkur temir yo‘lni Toshkent halqa yo‘li ostidan o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Yerosti yo‘nalishi ham ko‘chadagi harakatni to‘xtatmagan holda quriladi. Bu yangi metro yo‘li 85 ming yo‘lovchini qamrab olishi kutilmoqda.
Bu sohadagi yana bir istiqbolli loyiha – Yangi Toshkent shahriga metro yo‘lidir. U hozirgi “Do‘stlik” metro bekatidan boshlanib, yangi markazgacha boradi. Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat bo‘lishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yo‘lovchilarni qamrab ololadi.
Taqdimotda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbari qurilish sifati va madaniyatini oshirish, odamlarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:57 / 07.07.2025
Mavzuga oid

22:57 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

17:51 / 07.07.2025
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi

19:18 / 04.07.2025