Londonda olti bolgar Rossiya foydasiga josuslik qilganlik uchun qamaldi
Rossiya Federatsiyasi foydasiga josuslikda aybdor deb topilgan olti nafar Bolgariya fuqarosi besh yildan o‘n yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi.

Foto: Daniel LEAL / AFP/File
Britaniyada yashovchi va Rossiya nomidan butun Yevropa bo‘ylab josuslik amaliyotida ishtirok etganlikda aybdor deb topilgan olti nafar bolgariyalik 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Hukmlar 12 may, dushanba kuni Londondagi Old Beylida chiqarildi.
Guruhning 47 yoshli yetakchisi Orlin Rusev o‘z aybiga iqror bo‘ldi va Buyuk Britaniyada milliy xavfsizlik va aholi xavfsizligiga tahdid soladigan oltita «murakkab» operatsiyada ishtirok etgani uchun 10 yil-u 8 oyga qamaldi, deb yozadi The Guardian gazetasi.
Uning sherigi, 44 yoshli Bizer Jambazov ham o‘z aybiga iqror bo‘ldi, u 10 yil-u ikki oyga ozodlikdan mahrum etildi. O‘z qurbonlarini tuzoqqa tushirgan guruh a’zosi 33 yoshli Katrin Ivanova 9 yil-u 8 oyga ozodlikdan mahrum etildi.
Yana bir ayol, 30 yoshli Vana Gaberova olti yil, sakkiz oy va uch haftaga qamaldi. Sudya uning klaustrofobiya tashxisini inobatga oldi, lekin u o‘z missiyasini «hayajonli va jozibali» deb topganini bildirdi.
Sud hukmiga ko‘ra, 39 yoshli Tixomir Ivanchev sakkiz yilni panjara ortida o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Sud uning namunali xulq-atvori va jinoiy hamjamiyatga aloqadorligi 2023 yilda hibsga olinishidan oldin to‘xtaganini ta’kidladi. Tarmoqning so‘nggi a’zosi 33 yoshli Ivan Stoyanov besh yil-u uch hafta qamoq jazosiga hukm qilindi. U o‘z aybini tan oldi, ammo sudyaning so‘zlariga ko‘ra, u buni juda kech qilgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
Jamiyat | 22:52
-
Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming chet ellik Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda - Bastrikin
Jahon | 22:47
-
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
Jamiyat | 22:43
-
AQSh yangi atom bombasi yaratilganini e’lon qildi
Jahon | 22:39
Mavzuga oid

22:47
Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming chet ellik Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda - Bastrikin

21:36
O‘zbekistonlik jangarilar Suriyada Rossiya harbiy bazasiga hujum qildi – OAV

20:36
YeI davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-paketini tasdiqladi

18:46