Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisi 30 ming dollar bilan ushlandi
Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishida bosh prokurorning JIB Xonobod shahar sudi raisini jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan. Kengash xulosasi bilan sud raisini javobgarlikka tortishga rozilik berilgan hamda uning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.
Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisi jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, sud raisi tezkor tadbirda 30 ming AQSh dollari olayotganda ushlangan.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
“Bugun Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokurorning Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi raisi Yu.E.ni Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.
Yakunda kengash xulosasi bilan Yu.E.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi”, deyiladi kengash bayonotida.
Kengash tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini, ijtimoiy tarmoqlardagi aksariyat manbalarda tarqatilayotgan shu mavzudagi xabarlar bo‘rttirilgan bo‘lib, barcha holatlarga tergov yo‘li bilan aniqlik kiritilishini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Yunusjon Egamberdiyev 2024 yilning dekabr oyida besh yil muddatga Xonobod shahar sudining raisi lavozimiga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston | 20:52
-
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
O‘zbekiston | 20:32
-
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi
O‘zbekiston | 20:16
-
Patriot va HIMARS uchun raketalarni Yevropada ishlab chiqarish boshlanadi
Jahon | 20:14
Mavzuga oid

14:56 / 01.04.2025
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi

16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?

16:05 / 03.01.2024
Andijonda mast haydovchi YPX xodimini urib yubordi

13:37 / 28.05.2023