Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
Expo-2025 ko‘rgazmasida O‘zbekiston «Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati laboratoriyasi» paviloni bilan qatnashmoqda. Ilhom manbai sifatida Xivada joylashgan 213 ta noyob ustunli jome masjidi hamda Buxoroning lojuvard koshinlari tanlangan.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Osakadagi Expo-2025 ko‘rgazmasida «Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati laboratoriyasi» deb nomlangan O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlarning e’tiborini tortishga ulgurdi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga yozib qoldirdi.
«Ushbu loyiha menga juda qadrli, chunki konsepsiyani ishlab chiqishning dastlabki bosqichlaridanoq unda ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ldim. O‘shanda men O‘zbekistonda kechayotgan chuqur jarayonlarni — innovatsiyalar va an’analar o‘rtasidagi uyg‘unlikni, kelajakka intilish va abadiy qadriyatlarga hurmatni aks ettiruvchi makon yaratish g‘oyasini taklif qilgandim», — deydi Saida Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, ilhom manbai sifatida Xivada joylashgan 213 ta noyob ustunli jome masjidi hamda Buxoroning lojuvard koshinlari tanlangan. Aynan shular pavilonning me’moriy va mazmuniy asosini tashkil etadi.
Pavilon o‘zbek jamiyati kabi madaniyatlar, tillar va tarixiy voqealar xilmaxilligidir. O‘tmish va kelajakni bog‘lovchi ko‘prik bo‘lib, dunyo O‘zbekistonning bugunini chuqurroq anglashiga xizmat qiladi.
«Xalqaro hamkorlarimizga ko‘rsatgan yordami va ishonchi uchun minnatdorlik bildiraman. Birgalikdagi madaniy tashabbuslar va o‘zaro muloqot yurtimiz uchun yangi imkoniyatlar va e’tirof olib kelishiga ishonaman», — deya ta’kidlaydi prezident yordamchisi.
Ma’lumot uchun, «Bilimlar bog‘i» paviloni — 750 kvadrat metr maydonni egallagan uch qavatli inshootdir. 8 metr balandlikdagi muallaq yog‘och qurilma o‘rmonni ifodalaydi: u ham boshpana, ham bilim almashish joyi bo‘lib xizmat qiladi. Yog‘och qurilma har tomondan va yuqorisidan ochiq. Razm solish burchagiga qarab kesishgan yog‘och ustun va to‘sinlar o‘ziga xos naqsh va bezaklarni hosil qiladi, bu esa o‘zbek naqshin bezak berish san’atida milliy madaniyatning muhim qismi sifatida ishora qiladi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

22:06 / 23.06.2025
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi

21:25 / 23.06.2025
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi

19:28 / 23.06.2025
Saida Mirziyoyeva Samarqandda BMTning Davlat xizmati bo‘yicha xalqaro komissiyasi rahbari bilan uchrashdi

16:39 / 23.06.2025