O‘zbekiston | 13:33 / 10.05.2025
1122
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajati vaucher asosida qoplab beriladi

“O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, vaucher quyidagilarga beriladi:

uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish hamda kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati uchun:

➖ Kambag‘al oilalar reyestri, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga; 
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila)larga;

shaxsiy yordamchi xizmati uchun:

➖  I guruh nogironlik belgilangan shaxsga;
➖ ko‘zi ojizlik bo‘yicha birlamchi nogironlik belgilangan shaxsga; 
➖ birinchi marta nogironlar aravachasidan foydalanish belgilangan shaxsga.

2025 yil 1 dekabrgacha Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari huzurida o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar uchun kichik hajmli oilaviy uylar tashkil etiladi.

Mavzuga oid