O‘zbekistonda turistik yo‘llanma - vaucherning namunaviy shakli tasdiqlandi

Foto: rosred.ru
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonunining 13-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 26 mart kuni ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qaroriga muvofiq vaucherning namunaviy shakli va uni to‘ldirish tartibini belgilandi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, turistik yo‘llanma (vaucher) turistning (turistlar guruhi) sayohat tarkibiga kiritilgan va tadbirkorlik sub'yekti tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni (joylashtirish, ovqatlanish, ekskursiya, transport xizmatlari va boshqalar) to‘langanligini va turist (turistlar guruhi)ning ushbu xizmatlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Endilikda, turizm faoliyati sub'yektlari tomonidan turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi sub'yektlarga tasdiqlangan namunaviy shakl bo‘yicha vaucher berilishi mumkin.
Qo‘shimcha ma'lumot:
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasi 15-bandiga muvofiq turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar ko‘rsatish uchun yo‘llanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya xizmatlarini realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3514-son qarori 8-bandiga muvofiq, jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab turistik yo‘llanmalar (vaucher)ni turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan sub'yektlardan sotib olishga yo‘naltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
-
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi
Jahon | 08:43
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
Mavzuga oid

21:28 / 03.07.2025
Turkiyada oqsim kasalligi tarqaldi

15:45 / 03.07.2025
Qoraqalpog‘istonda yirik turizm zonasi quriladi

13:31 / 26.06.2025
O‘zbekistonda Bolt platformasini joriy etish rejalashtirilmoqda

13:25 / 26.06.2025