Tarixda ilk marotaba qotillik qurboni sudda sun’iy intellekt yordamida gapirdi
Marhum shaxsning oilasi sun’iy intellekt yordamida uning siymosini tiklab, sudda gapirtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr
AQSh tarixida birinchi marta sun’iy intellekt (SI) o‘lgan shaxsga o‘z qotiliga hukm o‘qilishi chog‘ida sudda «so‘zlash» imkonini berdi. Arizonada 2021 yilda yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuzaga kelgan janjalda otib o‘ldirilgan Kristofer Pelki oilasi uning nomidan videomurojaat yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalandi.
Tashabbus Kristoferning singlisi Steysi Uels tomonidan ilgari surildi, u eri va dugonasi (ikkalasi ham sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassis) bilan birgalikda videoni tayyorladi.
Murojaatda Pelki o‘z qotili Gabriel Xorkasitasni kechirganini ma’lum qildi.
«Meni otib o‘ldirgan Gabriel Xorkasitas bu qilmishidan chuqur afsusda, balki boshqa hayotda biz do‘st bo‘lishimiz mumkin edi. Men kechirimli bo‘lishga va kechirimli Xudoga ishonaman. Har doim ishonganman va hozir ham ishonaman», dedi Pelki sun’iy intellekt yordamida.
Ta’kidlanishicha, sudya Todd Lang videodan ta’sirlanib, Xorkasitasni qotillik uchun 10,5 yil qamoq jazosiga hukm qildi, bu esa prokuratura talab qilgan 9,5 yildan ko‘proq edi.
Arizona Oliy sudi bosh sudyasi Enn Skott Timmer SI «adliya tizimida katta samaradorlikni yaratish va yuridik ma’lumotga ega bo‘lmaganlarga o‘z ishini yaxshiroq ifodalashda» yordam berish uchun salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Biroq, SI noto‘g‘ri ishlatilsa, adolatga to‘sqinlik qilishi yoki hatto o‘zgartirishi ham mumkinligini aytdi.
«Eng yaxshi yondashuv - muvozanatli yondashuv. Shu munosabat bilan sud sun’iy intellektdan foydalanishni o‘rganish va undan qanday yaxshi foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish uchun sun’iy intellekt qo‘mitasini tuzdi... Sun’iy intellektdan foydalanadiganlar, jumladan sudlar ham qarorlarning to‘g‘riligi uchun javobgardir», dedi u.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:39
-
AQSh Oliy sudi 350 000 venesuelalikning deportatsiya qilinishini ma’qulladi
Jahon | 10:24
-
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
O‘zbekiston | 10:12
-
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
O‘zbekiston | 09:55
Mavzuga oid

09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi

10:36 / 15.05.2025
Rossiya sudlari bazasidan kiberhujumdan keyin 89 mln ish yo‘qolib qoldi

19:33 / 14.05.2025
Britaniyada 38 yil qamoqda nohaq o‘tirgan erkak oqlandi

10:54 / 29.04.2025