Hafta oxirida qanday ob-havo kutilmoqda?
Payshanba kuni O‘zbekistonga nisbatan salqin va biroz nam havo massalari kirib keladi. Juma kuni harorat pasayib, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Shanba-yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo +30…+35 darajagacha isiydi.

Payshanba kuni O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
8 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda, kunning ikkinchi yarmida esa markaziy viloyatlarda va Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati chorshanba kuniga nisbatan 3–4 darajaga past – +32…+35 daraja, shimolda +25…+28 daraja atrofida bo‘ladi.
9 may kuni harorat pasayishi davom etadi, kunduz kunlari harorat +27…+30 daraja, janubda va cho‘l hududlarda +32…+35 daraja atrofida bo‘ladi. Kechasi va ertalab markaziy viloyatlarda, kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
10–11 may kunlari respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan +30…+35 daraja bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 8–11 may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida 8 may kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +31…+33 daraja bo‘ladi. Kechga tomon, shuningdek, 9 mayda kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 10–11 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 9 may kuni +28…+30 daraja, 10–11 may kunlari +31…+33 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid

11:55 / 13.05.2025
«O‘zgidromet» havo harorati 40 darajadan oshishi va shamol kuchayishi haqida ogohlantirdi

11:50 / 12.05.2025
Hafta davomida havo harorati ko‘tariladi

21:59 / 10.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

16:27 / 07.05.2025