«O‘zgidromet» havo harorati 40 darajadan oshishi va shamol kuchayishi haqida ogohlantirdi
14−16 may kunlari O‘zbekistonda havo harorati kunduzi +39…+41 daraja, janub va cho‘l hududlarda +42…+43 darajagacha issiq bo‘ladi. 16−17 may kunlari ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda.

Foto: O‘zgidromet
«O‘zgidromet» 14−16 may kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan juda issiq ob-havo haqida favqulodda ma’lumot e’lon qildi.
14 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15–16 may kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari +39…+41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +42…+43 darajagacha ko‘tariladi.
14–15 may kunlari shimoliy va cho‘l zonalarida, 16–17 may kunlari respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol 15–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonli qor yog‘ishi kutilmoqda.
17 may kuni ayrim tumanlarda shamolning tezligi 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Mavzuga oid

11:53 / 19.05.2025
Hafta davomida harorat ko‘tarilib borishi kutilmoqda

12:07 / 16.05.2025
17 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

12:00 / 16.05.2025
17-19 may kunlari qator hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

11:50 / 12.05.2025