“Aholi uy-joy va tomorqasiga yetkazilgan zarar qoplanadi” – “O‘zbekgidroenergo”
Kanalga loyihaviy suv o‘tkazish qobiliyatidan ko‘p suv kelgan. Holat 9 may kuni soat 14:00 ga qadar to‘liq bartaraf etilishi, Janubiy Farg‘ona kanalining odatiy ish rejimi tiklanishi va aholiga yetkazilgan zarar qoplab berilishi bildirildi.

Foto: Videodan kadr
Buloqboshi tumanida sodir bo‘lgan suv toshqiniga kanalga “ortiqcha suv tashlangani” emas, me’yordan ortiqcha suv kelgani sabab bo‘lgan. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” AJ ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 dekabrdagi tegishli qaroriga asosan Rossiya Federatsiyasining “MPR” moliya instituti mablag‘lari hisobiga Janubiy Farg‘ona kanalida “JFK-3 kichik GES qurilishi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning quvvati 6,9 MVt bo‘lib, yiliga 33 mln kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Qurilish ishlari “tayyor holda topshirish” sharti asosida Rossiyaning “Energosila” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Qurilish ishlari doirasida GES qurish ishlarini tashkil etish hamda vegetatsiya davrida qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlash maqsadida, Janubiy Farg‘ona kanalida suv to‘sish inshooti qurilib, suv sarfi vaqtincha aylanma kanal orqali quyi qismiga yo‘naltirilgan.
Aylanma kanalning loyihaviy suv o‘tkazish qobiliyati 60 metr kubga mo‘ljallangan bo‘lib, amalda suv sarfi miqdori 70 metr kub kelgan. Buning oqibatida Janubiy Farg‘ona kanalining o‘ng qirg‘og‘ini yuvib ketish holati yuz bergan.
“Hozirda, Janubiy Farg‘ona kanalida yuz bergan texnogen holatni bartaraf etish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, ta’mirlash-tiklash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Buning uchun zarur bo‘lgan barcha texnika va ishchi kuchi resurslari jalb etilgan.
Mazkur chora-tadbirlar joriy yilning 9 may kuni soat 14:00 ga qadar to‘liq bartaraf etiladi, Janubiy Farg‘ona kanalining odatiy ish rejimi tiklanadi”, deyiladi ma’lumotda.
Qayd etilishicha, aholi uy-joy va tomorqa xo‘jaliklariga yetkazilgan zararlar kompensatsiya qilinishi ta’minlanadi.
Avvalroq O‘zgidromet Buloqboshi tumanida sodir bo‘lgan suv toshqiniga Janubiy Farg‘ona kanaliga GES qurilishi uchun ortiqcha suv tashlanishi sabab bo‘lganini ma’lum qilgandi. Hodisa talafotlari o‘rganilganida jami 560 ta xonadonni suv bosgani aniqlangan. FVV esa hodisa oqibatida 30 ta xonadonning ichiga, 70 ta xonadonning esa tomorqasiga suv kirganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Urgutda sud raisi YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat | 11:22
-
Ota-onasi xorijda yurgan 350 dan ziyod bolaga vasiy tayinlandi
Jamiyat | 11:17
-
Kanada Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini ajratdi
Jahon | 10:45
Mavzuga oid

13:11 / 05.06.2025
Nigeriyada suv toshqinlari oqibatida 500 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi

21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi

14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

21:33 / 10.05.2025