Texasda 8 mln dona tanga avtomobil yo‘liga sochilib ketdi - video
Umumiy qiymati qariyb 800 ming dollarni tashkil etgan sochilgan tangalarni yig‘ish uchun avtomobil yo‘li 14 soatga yopilgan.

Foto: nypost.com
AQSh zarbxonasiga tegishli zirhlangan yuk mashinasi Texasdagi trassada ag‘darilib ketdi, deb xabar beradi New York Post.
Texas shtatining Alvord shahrida noodatiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Sakkiz million dona 10 sentli tangalar avtomobil yo‘liga sochilib ketdi.
Qayd etilishicha, hodisa 29 aprel kuni soat 05:15 da sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi 36 tonnadan ortiq yangi zarb qilingan tangalarni olib ketayotgan bo‘lgan. Texas Jamoat xavfsizligi departamenti vakili serjant Xosue De La Serdaning ma’lum qilishicha, haydovchisi burilish joyida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketgan.
Avariya oqibatida haydovchi va yo‘lovchi yengil jarohat olgan, keyinroq ularga shifoxonadan javob berilgan. Ammo tangalar sochilib ketgani sabab avtomobil yo‘li 14 soatga yopishga to‘g‘ri kelgan. Tangalarni yig‘ishga jalb etilgan brigadalar oqava suvlarni tozalashda qo‘llaniladigan vakuum mashinalar foydalanishga majbur bo‘lgan. Ayrim ishchilar belgurak va hatto qo‘lda ham tanga yiqqan.
Yuk mashinasiga egalik qiluvchi kompaniya banklar va davlat idoralari uchun qo‘riqlanadigan yuklarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Uning saytida ko‘rsatilishicha, mashinalar zirhlangan va ularga qurolli qo‘riqchilar hamrohlik qiladi.
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, shu kuni shaharda 8 million dollar sochilib ketgani haqida mish-mishlar tarqalgan, ammo aslida sochilgan tangalar qiymati salkam 800 ming dollarni tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi
O‘zbekiston | 12:02
-
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon | 11:52
-
Hali Falastinda ham imkon bor. Osiyo saralashidagi intrigalar
Sport | 11:35
-
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26
Mavzuga oid

15:47 / 24.05.2025
AQShda bir sentlik tangalarni chiqarish to‘xtatiladi

14:55 / 28.03.2025
100 mln dollarlik qadimiy tangalar kolleksiyasi auksionga qo‘yiladi

18:25 / 10.02.2025
Tramp 1 sentlik tangalar zarb qilishni to‘xtatishni buyurdi

14:54 / 18.01.2025