Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 1 sentlik tangalar zarb qilishni to‘xtatishni buyurdi
AQSh prezidentiga ko‘ra, bir dona 1 sentlik tangani zarb qilish uchun ikki sentdan ortiq mablag‘ sarflanadi. 2024 yilda bu turdagi tangalar ishlab chiqarilishi mamlakat soliq to‘lovchilariga 179 mln dollarga tushgan.

Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp moliya vaziri Skott Bessantga yangi 1 sentlik tangalar chiqarishni to‘xtatishni buyurdi. Bu haqda Tramp o‘zining Truht Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.
«Qo‘shma Shtatlar juda uzoq vaqtdan beri penni (1 sentlik tanga) zarb etib kelmoqda, ularning har biri tom ma’noda bizga ikki sentdan ortiqqa tushmoqda. Bu katta isrofgarchilik!» — deydi Tramp budjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishini to‘xtatishga chaqirib.
Biznesmen Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) yanvar oyida 1 sentli tangani zarb qilishga uch sentdan ortiq mablag‘ sarflanishini ma’lum qilgandi. DOGE ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh zarbxonasi 2023-moliyaviy yilda 4,5 milliard penni chiqargan (jami tangalarning qariyb 40 foizi), bu esa soliq to‘lovchilarga 179 million dollarga tushgan.
AQSh zarbxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda 1 sentlik tangani tayyorlash va tarqatishga 3,7 sent sarflanadi. Oxirgi bir necha yil ichida penni zarb qilish bir necha barobarga qimmatlashgan — 2016 yilda 1 sentlik tangalarni ishlab chiqarishga qariyb 1,5 sent sarflangan. O‘tgan yillar davomida tanga ishlab chiqarishda foydalaniladigan mis narxi ikki barobardan ortiqqa qimmatlashgan.
1 sentlik tangalarni zarb qilish to‘xtatilgan taqdirda ham ular muomalada qoladi.
Federal amaldorlar va iqtisodchilar oldin ham AQShda 1793 yildan beri zarb qilib kelinayotgan 1 sentlik tangalar ishlab chiqarilishini to‘xtatishga uringan. Ammo 1 sentdan voz kechish serxarajat choraga aylanishi mumkin, chunki tranzaksiyalar 5 sentgacha bo‘lgan qiymatda yaxlitlanadi.
Penni — zarb qilish o‘z nominalidan qimmatga tushadigan Amerikadagi yagona tanga emas. AQSh zarbxonasining ma’lum qilishicha, 2024 yilda 5 sentlik tangalarni tayyorlash va tarqatishga qariyb 14 sent sarflangan.
AQSh mis narxining oshishi tufayli oldin ham past nominalli tangalar zarb qilishdan voz kechgan. AQSh Kongressi 1857 yilda u qadar ommalashmagan yarim sentlik tangalarni chiqarishni to‘xtatgan, shuningdek, mis sarfini kamaytirish maqsadida 1 sentlik tanga hajmini kichraytirgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025