Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina IIV rahbari Rossiya ukrainaliklar o‘rniga rossiyalik harbiylar jasadini yuborganini ma’lum qildi
Kiyevning ta’kidlashicha, Moskva topshirgan jasadlar orasida rus askarlarining qoldiqlari ham bor. Ukraina IIV rahbari halok bo‘lganlardan birining jasadi yonidan chiqqan Rossiyaga oid hujjatlarni e’lon qildi.

Foto: Asirlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Igor Klimenko Rossiyani Kiyevga halok bo‘lgan ukrainalik askarlar niqobi ostida o‘z harbiylarining jasadlarini topshirganlikda aybladi. U halok bo‘lgan rossiyaliklardan birining hujjatlarini e’lon qildi, uning ta’kidlashicha, ushbu jasad almashinuv doirasida Ukrainaga topshirilgan.
E’lon qilingan hujjatlar Aleksandr Bugayev nomiga berilgan. Klimenko uning jasadi yonidan topilgan harbiy guvohnoma, jyeton va harbiy qism komandirining buyrug‘idan ko‘chirma suratlarini namoyish etdi. Shuningdek, vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya fuqarosi pasporti va harbiy xizmatchi guvohnomasi taloni topilgan (ularning suratini ko‘rsatmagan).
Klimenko marhumning qarindoshlari «uni qidirishni mart oyining oxirida Donetsk oblastining Novomixaylovka rayonida g‘oyib bo‘lganidan keyin boshlagani»ni aniqlashga muvaffaq bo‘lganini aytgan.
«Bu Rossiya o‘z xalqiga mensimay munosabatda bo‘layotgani, ularning jasadlarini ukrainalik harbiylar jasadi sifatida ko‘rsatayotganining yana bir isbotidir. Bu Rossiya uchun inson hayoti naqadar ahamiyatsizligidan dalolat. Yoki bu shunchaki ularning oilalariga to‘lovlardan qochishning bir usuli. Lekin baribir pul to‘lashga to‘g‘ri keladi: biz bu jasadlarni qaytarib beryapmiz», – degan vazir.
Topilgan hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi mustaqil dalillar yo‘q. Rossiya tomoni halok bo‘lgan harbiysining hujjatlari e’lon qilinishi yuzasidan izoh bermadi.
Klimenko 16 iyun kuni ham Rossiya Ukrainaga o‘zining halok bo‘lgan askarlarining jasadlarini topshirganini aytgandi. O‘shanda u aniq ismlarni keltirmagan va hujjatlarni ko‘rsatmagan – vazir faqat Ukrainadagi barcha qaytarilgan jasadlar tergovchilar va ekspertlar tomonidan tekshirilayotgani, halok bo‘lganlarning shaxsini tasdiqlash uchun DNK ekspertizasi o‘tkazilayotganini aytgandi. Klimenko Moskva yoki «topshirilgan jasadlar sonini ko‘paytirish va ukrain ekspertlarining ishini qiyinlashtirish» uchun, yoki «o‘z odamlariga odatdagidek beparvo munosabatda bo‘lgani tufayli» jasad qoldiqlarini ataylab aralashtirib yuborayotganini ta’kidlagandi.
Klimenkoning bu so‘zlariga 19 iyun kuni RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova munosabat bildirgandi. Uning iddao qilishicha, Ukraina IIV rahbari «o‘z jurnalistlarining bu [rossiyalik askarlar jasadlari] ekani qanday aniqlangani» haqidagi savoliga javob bera olmaganini aytib, bu ayblovni u tomondan «abrakadabra» va «iblisona g‘o‘ldirash» deb atagandi.
Halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini almashtirish bo‘yicha Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning 2 iyun kuni Istanbulda o‘tkazilgan raundida kelishilgandi. Almashuv bir necha kun davomida bosqichma-bosqich o‘tkazilgan, 16 iyun kuni tomonlar jarayon yakunlangani haqida rasman xabar berilgandi.
Ukraina almashuv doirasida Rossiyadan 6057 jasad qabul qilinganini ma’lum qilgan (Rossiya tomoni bu miqdor 6060 ta ekanini bildirgan). O‘z navbatida, Moskva Kiyevdan 78 kishi jasadini olgan. Ukrainadagilar topshirilgan jasadlar sonidagi farq nega bu qadar katta ekani va Kiyev nima uchun ko‘proq jasadlar bermaganini izohlamagan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

07:53 / 19.07.2025
Rossiya va Ukraina yana halok bo‘lgan askarlar jasadini almashdi

07:29 / 19.07.2025
NATO: Patriot'ni Ukrainada tezkor joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

23:30 / 18.07.2025