KXDR urushdagi ishtirokini ilk bor tasdiqladi
Putin Kursk oblastidagi janglarda ko‘rsatgan yordami uchun Kim Chen Inga minnatdorchilik bildirdi.

Foto: RF mudofaa vazirligi / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Shimoliy Koreya hukumati birinchi marta o‘z harbiylarini Ukraina bilan urushda qatnashish uchun Rossiyaga jo‘natganini tasdiqladi. Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) KXDR yetakchisi Kim Chen In buni «ikki davlat – KXDR va RF o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va birdamlikni yaxlit mustahkamlash uchun muqaddas missiya» deb bilgani uchun urushga (xabarda urush Rossiyadagi kabi «maxsus harbiy amaliyot» emas, o‘z nomi bilan atalgan) qo‘shilgan.
KXDR qo‘shinlari Kursk oblasti uchun «g‘alaba bilan yakunlangan» jangda ishtirok etdi, Shimoliy Koreya harbiylari esa «yuqori jangovar ruh va harbiy mahoratni to‘liq namoyish etdi, yalpi qahramonlik, beqiyos jasorat va fidoyilik ko‘rsatdi», deyiladi markaziy axborot agentligi xabarida.
Shimoliy Koreya tomoni bayonotidan ko‘p o‘tmay, Vladimir Putin KXDR bo‘linmalariga Kursk oblastidagi operatsiyada ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirdi. RF prezidentining so‘zlariga ko‘ra, KXDR harbiylari «Rossiya va KXDR o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma harfi va ruhiga muvofiq» harakat qilgan va bu xalqaro huquqqa to‘liq mos keladi.
«Koreyalik do‘stlar birdamlik, adolat va chinakam do‘stlik tuyg‘ularidan kelib chiqqan holda harakat qildi. Buni yuksak qadrlaymiz va KXDR xalqiga, oliy rahbariyatiga va davlat ishlari qo‘mitasi raisi, o‘rtoq Kim Chen Inga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz», – deydi Putin. U Shimoliy Koreya harbiylari «o‘z burchini sharaf va jasorat bilan bajarib, so‘nmas shon-shuhratga burkangani»ni ta’kidlagan.
«Rossiya xalqi koreyalik maxsus kuchlar jangchilarining qahramonligini hech qachon unutmaydi. Biz Rossiya uchun, umumiy erkinligimiz uchun jon fido qilgan koreyalik qahramonlarni o‘z quroldosh birodarlarimiz qatorida doimo yodda tutamiz», – deyiladi bayonotda.
G‘arb mamlakatlari, Ukraina va Janubiy Koreya KXDR Rossiyaga yordam berish uchun 10-12 ming harbiy yuborganini xabar qilgan. Shu bilan birga, KXDR hukumati o‘z qo‘shinlarini boshqa davlatlar urushiga yuborganini tan olmagandi. Buni RF vakillari ham rad etib kelardi. Rossiya hukumati buni ilk bor 26 aprel kuni tan oldi, o‘shanda bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov Vladimir Putin bilan uchrashuvda rossiyalik harbiylar Kursk oblastida Ukraina qurolli kuchlari tuzilmalarini «tor-mor etishni yakunlagani» haqida aytgandi. O‘z hisobotida Gerasimov KXDR harbiylariga yordam uchun alohida minnatdorchilik bildirib, ular rossiyaliklar bilan «yelkama-yelka turib» harakat qilganini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujumda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi
Jahon | 08:51
-
O‘zbekistonda ekologiya muhofazasi bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 08:37
-
Isroil gumanitar yordam yuklangan 3000 ta yuk mashinasining G‘azoga kirishini to‘sib qo‘ydi
Jahon | 08:15
-
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi
Jamiyat | 08:00
Mavzuga oid

08:51
Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujumda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi

19:01 / 01.06.2025
Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy etish taklif qilindi

17:37 / 01.06.2025
Irkutsk oblasti ilk bor dronlar hujumiga uchradi. Ukraina OAV bu «Pautina» maxsus operatsiyasi ekanini ma’lum qildi

22:40 / 31.05.2025