Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
«Arsenal» yana durang o‘ynadi va endi «Liverpul»ga chempionlik uchun bir ochko yetarli bo‘ladi. Chorshanba oqshomida Yevropa chempionatlarida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

Angliya: «Liverpul» divanda o‘tirib chempion bo‘lmadi
APL. 34-tur
«Arsenal» – «Kristal Pelas» 2:2
Gollar: Kivyor 3, Trossar 42 – Eze 27, Mateta 83.
«Arsenal» – Rayya, Timber, Saliba, Lyuis-Skelli (Tirni, 86), Kivyor, Edegor (Nvaneri, 86), Rays, Parti, Sterling (Saka, 60), Trossar, Martinelli.
«Kristal Pelas» – Henderson, Lerma, Lakrua, Gei, Munos, Uorton (Hyuz, 63), Kamada, Mitchell, Devenni, Eze (Sarr, 63), Nketia (Mateta, 80)
«Arsenal»ni bir haftadan keyin Chempionlar ligasi yarimfinali kutmoqda. «Kristal Pelas» ham — Angliya kubogining shu bosqichida o‘ynashi kerak. Mohiyatan — ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi o‘yinlar. Shunga qaramay, London jamoalari derbida ancha hujumkor o‘yin namoyish etishdi. «Kanonirlar» markaziy himoyachisi Kivyor esa barcha ishga ulgurdi. Avvaliga Edegor ijro etgan jarima zarbasidan keyin bosh bilan darvozan ishg‘ol etdi. Keyin esa «Arsenal»ning sobiq hujumchisi Nketia yo‘llagan zarbani to‘sib qoldi.
Bu vaqtga kelib «burgutlar» burchak zarbasini original tarzda ijro etib, hisobni tenglashtirib ulgurgandi. Uorton to‘pni jarima maydoni chizig‘iga yetkazib berdi, u yerda turgan Eze to‘pni to‘xtatmasdan zarba yo‘lladi, to‘p sapchib borishi esa Rayyaning vazifasini qiyinlashtirdi, bu safar Kivyor harchand harakat qilmasin to‘pni to‘sa olmadi. Ammo durang hisob uzoq saqlanib turmadi va Trossar rikoshet yordamida jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda mehmonlarda bir necha qulay vaziyatlar bo‘ldi, Rayya ishonchli harakat qildi. Ammo o‘yin oxirlarida himoyadan chiqishdagi qo‘pol xato o‘yin taqdirini hal qildi. Saliba Edegorga noqulay uzatma berdi, endigina maydonga tushgan Mateta esa to‘pni olib ketdi va ikkinchi harakatida bo‘sh darvozani ishg‘ol etdi. «Emireyts»dagi o‘yinning asosiy natijasi esa — «Liverpul» divanda o‘tirgan holatda chempion bo‘lmasligini ta’minlash bo‘ldi. Endi mersisaydliklar muddatidan oldin chempionlikni nishonlash uchun yakshanba kuni «Enfild»da «Tottenhem»ga yutqazmasligi kerak bo‘ladi.
Ispaniya: «Atletik» YeChLga intilmoqda
«Xetafe» – «Real» 0:1
Gol: Guler 21.
«Xetafe» – Soriya, Jyene (Bekusha 83), Berokal (da Kosta 50), Duarte, Alderete, Iglesias (A. Rodriges 50), Terrats (Federiko, 69), Milla, Arambari, Bernat, Mayoral (Xuanmi, 83)
«Real» – Kurtua, Lukas, Asensio, Alaba (Kamavinga, 46), Garsiya, Guler (Sebalyos 78), Valverde, Diash, Endrik (Bellinghem, 64), Vinisius (Rodrigo, 73).
Ogohlantirishlar: Milya 87, A. Rodriges 90+1, Federiko 90+5 – Tchuameni 69
Karlo Anchelotti (xuddi Hansi Flik kabi) Ispaniya Kubogi finali arafasida tarkibda rotatsiya amalga oshirdi. «Xetafe» la ligada barcha uchun, jumladan «Barselona» va «Atletiko» uchun ham boshog‘riq hisoblanadigan jamoa, «Real» esa — Xose Bordalasning o‘zi uchun dahshatli tush. Qaymoqranglilar — ushbu mutaxassis o‘z faoliyatida biror marta yenga olmagan yagona klub (29 klub ichidan). U madridliklarga qarshi o‘n to‘rt o‘yinda faqat ikki bor durangga erishib, o‘n ikki bor mag‘lub bo‘lgan.
Bu uchrashuvda Anchelottining aralash tarkibi ham «Xetafe» mudofaasidagi kamchiliklarni ko‘rsatib berdi. Chap oyoqda o‘ynovchi Arda Guler birinchi bo‘lim o‘rtalarida uzoq cho‘zilgan hujumni o‘ng oyoqda qaytarib bo‘lmas zarbasi bilan yakunlandi va Madrid jamoasining uzoq masofada gol urish bo‘yicha Yevropadagi peshqadamligini (barcha turnirlar hisobga olinganda 20 gol) mustahkamladi. Endrik esa o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi, braziliyalik hujumchining zarbasi darvozabon Soriyadan o‘tgandi, ammo himoyachi Jyene to‘pni chiziq oldida to‘xtatib qoldi. Vinisius Junior esa shu kuni o‘zi gol urishga harakat qilib, yaxshiroq vaziyatda turgan sheriklariga to‘p uzatishni istamadi va yaxshi vaziyatni ko‘kka sovurdi, bu esa «Real»ga qimmatga tushishi ham mumkin edi.
Ikkinchi bo‘limda mehmonlar faollashdi, avvaliga Arambarri jarima maydoni markazidan turib mehmonlarni kechirdi. Arbitr tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Kurtua yaqin masofadan yo‘llangan ikki zarbani qaytarib qoldi. Qolaversa, bu vaqtda mehmonlar barcha almashtirishdan foydalanib bo‘lgani tufayli Kamavinga jaroha olgach, o‘n kishi bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘layotgandi.
Uchrashuvning eng yorqin vaziyati — qo‘shib berilgan daqiqalarning yettinchisi o‘tib borayotganida Kurtuaning navbatdagi seyvi bo‘ldi. Belgiyalik posbon g‘alabani saqlab qoldi va «Real»ni chempionlik poygasida qoldirdi.
«Atletik» – «Las-Palmas» 1:0
Gol: I. Uilyams 5
«Atletik»: Simon, Berchiche, Alvares, Vivian, De Markos, de Galarreta (Prados 84), Xauregisar, Berenger (N. Uilyams 65), Sanset (Kanales 22), I. Uilyams, Sannadi (Guruseta 84)
«Las-Palmas»: Xorkash, Marmol, Makkena, Suares (Kampanya 84), Viti, Baychetich (Kardona 84), Essugu, Marvin (Yanuzay 74), Moleyro, Ramires (Mata 65), Makberni (Fuster 65)
Ogohlantirishlar: Berchiche 11 – Baychetich 27, Makberni 53, Suares 77
Yevropa Ligasida yarimfinalga qadar yetib borgan «Atletik» Chempionlar ligasida keyingi mavsumda ispan jamoalari soni beshta bo‘lishini ta’minladi. Kvotalar soni ko‘proq bo‘lishi basklarning o‘zi uchun ham muhim ahamiyatga ega, endilikda jamoa o‘zini to‘rtinchi o‘rinda xotirjam his qilsa bo‘ladi. Chorshanba oqshomida Ernesto Valverde shogirdlariga tezkor gol g‘alaba keltirdi. Inyaki Uilyams qanotdan to‘pni Ruis de Galarretega uzatdi va o‘zi himoyachilar ortiga ochildi va qaytarilgan to‘pni qabul qilib olib, so‘nggi himoyachini aldab o‘tdi hamda to‘pni yaqin ustun yonidan darvoza to‘riga kiritdi.
Oltinchi o‘rin bilan to‘qqiz ochkolik farq — amalda YeChL guruh bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma demakdir. «Betis» yakshanba kuni turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasidagi «Valyadolid»ni o‘z uyida mag‘lub etgan taqdirda ham «Atletik»ka yaqinlashib ololmaydi.
«Selta» – «Vilyarreal» 3:0
Gollar: Lopes 45, Iglesias 53, Aspas 87
«Selta»: Guaita, Alonso, Dominges, Lago (Xavi Rodriges 75), Mingesa, Beltran (Moriba 46), D. Rodriges, U. Alvares (Karreyra 55), Gonsales, Fer Lopes (Losada 74), Iglesias (Aspas 66)
«Vilyarreal»: Junior, Pedrasa, Kambvala, Bayi, Femeniya (Navarro 74), Denis Suares (Byukenen 65), Guyye, Komesanya (Parexo 64), Pino (Kosta 39), Barri (Ayose Peres 64)
Ogohlantirishlar: Beltran 45+1, Alvares 48 – Pepe 85
Chetlatish: Bayi 37
«Vilyarreal» esa «Selta» maydonida yirik hisobda yutqazib, qiyin holatga tushib qoldi. Mehmonlar himoyachisi Bayi 37-daqiqada maydondan chetlatilishi o‘yin taqdirini hal qildi. «Vilyarreal» endi YeChLga yo‘llanma beruvchi beshinchi o‘rinni boy berishi oydinlashmoqda. «Sariq submarinalar»ga yakshanba kuni o‘z maydonida «Espanyol»ga qarshi qoldirilgan uchrashuvda g‘alaba suv va havodek zarur.
Italiya: Konsesaysu Milan derbisi qiroli
Italiya Kubogi. Yarimfinal
«Inter» – «Milan» 0:3
Gollar: Yovich 36, 49, Reynders 87.
«Inter» – Martines, Bissek, de Vrij, Bastoni, Darmian (Korrea, 83), Barella (Frattezi, 53), Asllani, Dimarko, Mxitaryan, Martines, Taremi (Arnautovich, 53)
«Milan» – Menyan, Tomori Gabbia (Tia, 59), Pavlovich, Ximines, Fofana, Reynders (Felish, 87), Ernandes (Bartezagi, 88), Pulishich, Leau, Yovich (Abraham, 78).
Birinchi o‘yin: 1:1
«Inter» va «Milan» hozirda turli darajadagi jamoalar. Ulardan biri A seriyada peshqadamlik qilmoqda va keyingi haftada YeChL yarimfinalida o‘ynaydi. Ikkinchisi esa, anchadan buyon turnir jadvali o‘rtalaridan qimirlay olmayapti. Ammo Milan derbilarida qonuniyatlar ishlamaydi. Sentyabrdan buyon jamoalar to‘rt bor o‘zaro o‘yin uchrashgan va neradzurrilar bu o‘yinlardan faqat ikkitasida bazo‘r durang o‘ynagan.
«Inter» bu o‘yin arafasida tarixiy trebl uchun kurashni davom ettirayotgandi. «Milan» uchun esa Italiya kubogi keyingi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etish uchun yagona imkoniyat hisoblanardi.
Bu mavsumda «Milan» navbatdagi qayta qurish davrini boshdan kechirmoqda — Serjiu Konseysau mavsum yakunida klubni tark etishini biladi, shu tufayli tarkibni muntazam ravishda rotatsiya qilmoqda va bosimsiz ishlamoqda.
«Inter»da esa taqvim og‘ir, qolaversa, Tyuram hozircha maydonga qayta olmaydi, shuning uchun bu oqshom odatda zaxira o‘rindig‘ida o‘tiradigan futbolchilar tushirildi: Riyera, Bissekk, de Vrey, Aslani va Torimiy. Konseysau 3-4-3 sxemasini tanladi.
«Milan» o‘yin boshida to‘pga egalik qildi, ammo hujumda hech narsa qila olmadi. Bu Fofana maydon markazidan turib oldinga tashlagan to‘pga yetib boradigan jamoadosh topilmaganida ham yaqqol ko‘rindi. «Inter» «Milan»ning hujum boshlashga bo‘lgan har qanday urinishlarini yo‘qqa chiqaraverdi.
Indzagi jamoasi esa keskinroq harakat qildi, raqibni faqat to‘pni duch kelgan tomonga tepib yuborishga majbur qildi. Menyanga ayniqsa raqib qanot himoyachilari jiddiy xavf tug‘dirdi: Dimarkoning zarbasi to‘singa tegdi, Darmian ham jarima maydoniga kirib borib xavfli zarba yo‘lladi.
Neradzurrilar safida Tyuram yo‘qligi sezildi. «Uchga uch» holatidagi qarshi hujumda Torimiy Mxitaryandan to‘pni qabul qilib olgach, to‘pni sherigiga uzatish o‘rniga uch futbolchini aldashga kirishib ketdi. Boshqa vaziyatda esa eronlik hujumchi oddiy vaziyatda to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi va Tomori xavfni osonlik bilan bartaraf etdi. Mehdi yaxshiroq o‘ynab, to‘pni qulay pozitsiyadagi Lautaroga tashlab berganida esa argentinalik hujumchining zarbasi osmonga qarab ketdi.
«Milan» sabr qildi, keyin esa «Inter»ni vaziyatlarni ko‘kka sovurgani uchun jazoladi. Jamoa birinchi bo‘limdagi yagona vaziyatidan unumli foydalandi. O‘ng qanotda harakat qilgan Alexandro Ximenes jarima maydoniga yumshoq uzatma berdi, Yovich Darmiandan balandroq sakradi va bosh bilan darvozani ishg‘ol etdi.
Neradzurrilar oldinga tashlanishda davom etishdi. Ammo baribir maqsadga erish olmadi. Ikkinchi bo‘limni esa «Milan» tetik boshladi va Yovich dublni rasmiylashtirdi. Teo burchak zarbasini ijro etdi, Luka Barelladan o‘ziga kelib tushgan to‘pni uch metr masofadan darvozaga yo‘lladi. Serbiyalik hujumchi joriy mavsumda shu vaqtgacha ikkita gol urgandi, endi esa jamoaning mavsumdagi eng muhim o‘yinida ham shuncha gol urdi.
Simone Indzagi darhol to‘rttalik rokirovka amalga oshirib, Zalevski, Chalxono‘g‘li, Frattezi va Arnautovichni maydonga tashladi. Lekin ikki gol farqi jamoani umidsiz holatga tushirib qo‘ygandi. «Inter» to‘pni nazorat qildi, ammo xavfli hujumlar uyushtira olmadi.
Bunday vaziyatda standartlar yordam berishi mumkin edi. Xususan, 69-daqiqada de Vrey boshda xavfli zarba yo‘lladi, ammo Menyan ajoyib reaksiya ko‘rsatib, to‘pni darvoza chizig‘i ustidan qaytarib yubordi. Umuman, bu mavsumda formasini yo‘qotib qo‘ygani uchun ko‘p tanqid qilingan darvozabon shu kuni ko‘p holatlarda to‘pga chiqishda ajoyib harakat qildi.
O‘yinning yakuniy qismini «Inter» juda kuchli o‘tkazishi talab etilardi, ammo jamoada bunga kuch qolmagandi. «Milan» chuqur himoyalandi va qarshi hujumlarga chopishni ham unutib qo‘ymadi. Indzagi tavakkalchilikka qo‘l urib, himoyachi Darmian o‘rniga hujum vakili Korreani tushirdi va uch hujumchi bilan harakat qila boshladi. Va uchinchi golni qabul qilib oldi: Leau raqib mudofaasidagi bo‘shliqdan foydalandi va qanotdan oldinga borib, to‘pni bo‘sh turgan Reyndersga yetkazib berdi, u hech qanday qarshilikka uchramasdan to‘pni olis burchakka yumalatib yubordi.
Bu «Inter» uchun nokaut edi. O‘z uyidagi so‘nggi 21 uchrashuvda yutqazmagan va bu mavsumda Yevropaning himoyasi eng kuchli jamoalaridan biri sifatida e’tirof etilgan jamoa bir o‘yinda uchta gol o‘tkazib yubordi. Endi trebl uchun imkoniyat yo‘qotgan «Inter» bor kuchini to‘plab, skudetto va YeChL g‘olibligi yo‘lidagi navbatdagi raqiblari «Roma» va «Barselona»ga qarshi hal qiluvchi o‘yinlarni o‘tkazishi kerak. «Milan» esa finalda «Bolonya» va «Empoli» juftligi g‘olibini (birinchi uchrashuvda «Bolonya» uchta gol farqi bilan g‘alaba qozongan) kutadi.
«Parma» – «Yuventus» 1:0
Gol: Pellegrino, 45+1
«Parma»: Sudzuki, Leoni, Volyakko (Eyno, 11), Valenti, Delprato, Bernabe (Esteves, 10), Keyta, Zom, Valeri, Pellegrino (Man, 75), Bonni (Almkvist, 86)
«Yuventus»: Di Gregorio, Kalulu, Veyga, Kelli (Koshta, 86), Makkenni (Yildiz, 57), Lokatelli (Vea, 86), Tyuram, Kambyazo, Krug Muani, Gonsales (Luis, 86), Vlahovich (Fernandesh)
Rim Papasi Fransiskning vafoti A seriyada dushanba kuniga belgilangan barcha o‘yinlar vaqti o‘zgarishiga olib kelgandi, shu tufayli turnir jadvalidagi va YeChL uchun kurash bo‘yicha vaziyat faqat chorshanba oqshomiga kelib oydinlashdi.
O‘yinlar qoldirilishidan eng ko‘p foyda ko‘rgan jamoa — «Bolonya» bo‘ldi, qizil-oqlar «Inter» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin (1:0) kuchli to‘rtlikka qaytgandi, chorshanba oqshomida «Parma»ning sensatsion g‘alabasidan keyin bu o‘rin saqlab qolindi. Autsayder jamoa birinchi bo‘lim oxirida «Yuventus» darvozasini ishg‘ol etdi. Shundan keyin jamoa mudofaani yaxshi tashkil etib, bnkonerilarning shturmiga bardosh berdi va ligada omon qolish uchun kurashdagi muhim g‘alabaga erishdi. Mavsum o‘rtasida taklif etilgan Kristianu Kivu o‘z ishini uddalamoqda, uning boshqaruvidagi sakkiz turda jamoa faqat bir bor yutqazib, 11 ochko to‘pladi.
«Yuve» esa endi beshinchi o‘rinda qoldi va YeChL yo‘llanmasi uchun kurashga qaytgan «Latsio»ni faqat qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga ortda qoldirmoqda.
«Jyenoa» – «Latsio» 0:2
Gollar: Kastelyanos, 32 Dia, 65
«Jyenoa»: Leali, Otoa, De Vinter, Vaskes, Martin (Axanor, 68), Mazini (Ekator, 82), Frendrup, Norton-Kaffi (Sabelli, 81), Oliveyra (Venturino, 61), Torsbyu, Pinamonti (Messias, 6)
«Latsio»: Mandas, Latssari (Pedro, 45), Xila, Romanioli, Pellegrini, Genduzi, Rovella (Belahyan, 69), Marushich, Dia (Vesino, 69), Dzakkani (Xisay, 89), Kastelyanos (Noslin, 8
Chetlatishlar: Otoa, 22 — Belahyan, 72
Rimliklar 22-daqiqadayoq son jihatdan ustunlikka ega bo‘lishdi, biroz o‘tib Kastelyanos hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida Dia g‘alaba golini urdi, tarkiblar son jihatdan tenglashganida esa «Jyenoa»da vaziyatni o‘nglash uchun vaqt qolmagandi. Marko Baroni boshqaruvidagi «burgutlar» bir mavsumda o‘ninchi bor safar o‘yinida g‘alabaga erishdi va bu jamoa tarixidagi to‘rtinchi holat. Bu borada rekord takrorlanishi uchun yana ikki bor begona maydonda g‘alaba qozonish kerak bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Italiyada milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqiladi
Jahon | 18:29
-
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor
Jahon | 18:16
-
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
Jahon | 17:35
-
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
O‘zbekiston | 17:21
Mavzuga oid

15:45
Bayram kayfiyatidagi «Barsa» muammoli «Inter»ga qarshi. YeChL yarimfinal o‘yini anonsi

13:50
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?

10:25
«PSJ» orzu tomon qadam tashladi. «Arsenal» Londonda mag‘lub etildi

16:20 / 29.04.2025