Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
Otasining mashinasini uning ruxsatisiz ko‘chaga haydab chiqqan maktab o‘quvchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urilgan. YTH oqibatida 2 o‘smir voqea joyida vafot etgan. 3 o‘smir shifoxonada.

Foto: Videodan kadr
Qarshi tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Hudud dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, YTH joriy yil 19 aprel kuni Qarshi tumani Qozikent mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 14 yoshli o‘smir otasining Gentra mashinasini uning ruxsatisiz ko‘chaga haydab chiqqan. O‘smirning yonida tengqur do‘stlari bo‘lgan.
2011 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi mashinani tez haydashi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. YTH oqibatida mashinada bo‘lgan 2 nafar o‘smir voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, haydovchi va mashinada bo‘lgan yana 2 nafar o‘smir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ulardan ikkisining ahvoli o‘ta og‘ir, biriniki esa o‘rta og‘ir darajada ekani bildirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketishi oqibatida qizning onasi va singlisi vafot etgan edi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Yevropada elektromobillar ishlab chiqarishni xavf ostiga qo‘ydi
Jahon | 22:29
-
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
Jahon | 22:27
-
So‘nggi bir haftada dollar 100 so‘mga qimmatlab, keyin 122 so‘mga arzonlashdi
Iqtisodiyot | 21:49
-
O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorlik dasturi imzolandi
O‘zbekiston | 21:44
Mavzuga oid

18:17
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi

14:39 / 16.05.2025