O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorlik dasturi imzolandi
Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Londonda uchrashdi.

Foto: TIV
London shahrida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov uchrashdi.
Unda «ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotganini aks ettiruvchi» 2025 yilga mo‘ljallangan «keng va istiqbolli» kun tartibi muhokama qilindi.
«Savdo va investitsiyadan tortib madaniy aloqalar va global chaqiriqlargacha bo‘lgan sohalarni qamrab olgan hamkorligimizdagi yangi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdik. O‘zaro farovonlik va barqarorlik yo‘lidagi umumiy intilishlarimizni yana bir bor tasdiqladik. Uchrashuvimiz yakunida vazirliklarimiz o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladik. Samimiy mehmondo‘stlik va samarali muloqot uchun minnatdormiz», deb yozdi uchrashuv haqida Baxtiyor Saidov.
Mavzuga oid

19:10 / 21.06.2025
"Prezident tashrifi bo‘lishi aniq, lekin vaqti noma’lum" - Britaniya elchisi bilan suhbat

19:16 / 16.06.2025
Britaniyaning tashqi razvedkasiga tarixda birinchi marta ayol kishi rahbar bo‘ladi

21:38 / 10.06.2025
Britaniya falastinliklarga nisbatan zo‘ravonlik uchun Isroilning ikki vaziriga qarshi sanksiyalar joriy etdi

00:07 / 10.06.2025