O‘zbekiston va BAA tahlil markazlari o‘rtasidagi hamkorlik faollashadi
O‘zbekiston elchisi Abdulaziz Oqqulov Amirliklar strategik izlanishlar va tadqiqotlar markazi bosh direktori Sulton Muhammad al Nuaymiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muloqotda O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, tahlil markazlari o‘rtasida anglashuv memorandumlarini ishlab chiqish va imzolash masalalari ko‘rib chiqildi.
Hamkorlikda bilim va tajriba almashish, mutaxassislar uchun seminar va treninglar tashkil etish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishga e’tibor qaratildi.
Bosh direktor Sulton Muhammad al Nuaymiy markazning resurslari va kutubxonasi O‘zbekiston ekspertlari ochiq ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida, O‘zbekiston tahlil markazlari va institutlari bilan o‘zaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.
Markaz 1994 yil BAAda tahliliy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. O‘tgan vaqt davomida markaz so‘nggi geosiyosiy o‘zgarishlar va iqtisodiy trayektoriyalardan tortib, mintaqaviy munosabatlarning o‘zgarishi va ilg‘or texnologiyalarning ta’sirigacha bo‘lgan qator masalalar bo‘yicha munozaralarni shakllantirgan yetakchi tadqiqot muassasasiga aylandi.
Markaz Yaqin Sharq va boshqa mintaqalar oldida turgan eng dolzarb bo‘lgan muammolarni muhokama qilish uchun mintaqaviy va xalqaro ekspertlarga platforma yaratib beradi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 24 may kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 15:31
-
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
Jahon | 15:18
-
OAV: Hamasning navbatdagi qo‘mondoni Muhammad Sinvar ham o‘ldirildi
Jahon | 15:06
-
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
O‘zbekiston | 13:37
Mavzuga oid

18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi

11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi

03:00 / 08.05.2025
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi

19:01 / 07.05.2025