Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
Ulardan biri tergovdagi sobiq ichki ishlar xodimiga yengilroq jazo tayinlanishida, boshqasi mahkumning jazo muddatini kamayitirishda yordam berish evaziga pul talab qilgan. Holatlardan biri DXX Call-markaziga yo‘llangan murojaat orqali aniqlangan.

Foto: DXX matbuot xizmati
DXX Call-markaziga murojaat qilgan Toshkent viloyatida yashovchi fuqarodan, viloyat ichki ishlar xodimining o‘z xizmat vakolatini suiiste’mol qilgan holda korrupsion jinoyatlarni sodir etib kelayotgani xususida ma’lumotlar olindi.
Murojaatga ko‘ra, IIB xodimi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210, 131, 135, 206, 207, 165-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergovda bo‘lgan sobiq ichki ishlar xodimiga sud idoralaridagi tanishlari orqali yengilroq jazo tayinlanishida yordam berish evaziga uning yaqin qarindoshlaridan 20 ming AQSh dollari talab qilgan. Joriy yilning 16 may kuni DXX va IIV tezkor boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan faol tadbir davomida, IIB xodimi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro «A.B.»dan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Yana bir holatda, joriy yilning 17 may kuni DXX tomonidan Bosh prokuratura xuzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti hamda IIV tezkor boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbirda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani ichki ishlar xodimi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 103 va 112-moddalari bilan ayblanib, 8 yil 5 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumga jazo muddatini Toshkent shahar sudi mansabdor shaxslari imkoniyati orqali taftish instansiyasida kamaytirib berishni va’da qilib, mahkumning tanishi «N.N.»dan 24 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlandi.
Tadbir jarayonida uning yonidan advokatlik va hakamlik sudi sudyasi guvohnomalari hamda IIVning lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘i nusxasi topildi.
«Ta’kidlash kerakki, ushbu xodim 2014 yilga qadar ichki ishlar idoralarida ishlab, 2022 yildan esa, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Joriy yilning aprel oyida unga yana bir bor imkoniyat berilib, ichki ishlar idoralariga qaytadan tiklangan. Afsuski, ishga tiklanganligiga 2 oy bo‘lmagan bu xodim korrupsion harakatlarni takroran sodir etgan», deyiladi DXX matbuot xizmati xabarida.
Har ikki holat yuzasidan taqdim etilgan materiallar asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi va 28, 211-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston | 19:23
-
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi
Jamiyat | 18:44
-
O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda – Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston | 18:43
-
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?
Sport | 18:11
Mavzuga oid

18:58 / 13.06.2025
Armanistonda sobiq bosh vazir Ovik Abramyan qo‘lga olindi

20:15 / 12.06.2025
Pasayishlar ko‘tarilishlardan ko‘p: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgaryapti?

18:36 / 11.06.2025
Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoqqa hukm qilindi

16:44 / 04.06.2025