Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 24 may kuni o‘tkaziladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida tarqalayotgan xabarlar noto‘g‘ri ekanini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston maktablariga «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 24 may, shanba kuni o‘tkaziladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli noto‘g‘ri xabarlar tarqalmoqda.
Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25 may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 24 may, shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.
«„So‘nggi qo‘ng‘iroq“ har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan 11-sinf bitiruvchilari uchun bu kunning ahamiyati va qadri o‘zgacha. Bir tomondan, ko‘p yillik qadrdon sinfdoshlar, mehribon ustozlar, jonajon maktab bilan umrbod xayrlashish oson emas. Ikkinchi tomondan, mustaqil hayotga qadam qo‘yish zavqi, yangi marralar chorlovi, talabalik sururi. Bu endi chinakam bayram», – deyiladi xabarda.
Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etishi ta’kidlangan.
«Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘raymiz», – deya ta’kidlanadi vazirlik xabarida.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Azamat Kamolov barcha ta’lim tashkilotlariga «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar hamda namunaviy ssenariylar yetkazilganini ma’lum qilgandi.
Mazkur tavsiyalarga muvofiq, turli dabdabozliklarga yo‘l qo‘ymaslik, o‘quvchilar yoki ularning ota-onalaridan pul mablag‘larini yig‘ishga qat’iy chek qo‘yish, bitiruv oqshomlarini turli restoranlar va to‘yxonalarda nishonlamaslik, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar avtomobillarda guruh-guruh bo‘lib harakatlanishi yoki cho‘milish havzalariga borishining oldini olish belgilangan.
Bundan avvalroq, O‘zbekiston maktablarida 25 may kuni bo‘lib o‘tadigan «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida vals tushishni taqiqlanishi haqida xabar tarqalgandi. Vazirlik matbuot xizmati «Daryo»ga bergan izohida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida vals tushish taqiqlanishi borasida hech qanday hujjat yo‘qligi, biroq farzandlari darsdan so‘ng qolib raqs tushishni o‘rganishi, tadbir uchun qimmat kiyimlar tiktirish, buning uchun pul yig‘ish holatlari ota-onalarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotganini bildirib o‘tgandi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

15:31 / 03.06.2025
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

10:51 / 02.06.2025
O‘zbekiston va Malayziya maktab o‘qituvchilari malakasini oshiradi

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

20:21 / 24.05.2025