Isroil armiyasi G‘azoda 1,2 kmlik tunnelni yo‘q qildi
Isroil mudofaa armiyasi (TSAHAL) «HAMAS» harakatiga tegishli tunnelni yo‘q qildi. Uzunligi 1,2 km, chuqurligi taxminan 20 metr bo‘lgan ushbu tunnel G‘azo sektori shimolida joylashgani ma’lum qilindi.

Foto: AP / Pool / Jack Guez
«Amaliyot paytida Isroil armiyasi droni jarohatlovchi qurilma o‘rnatmoqchi bo‘lgan bir necha terrorchini aniqladi va ularni aniq zarba bilan yo‘q qildi», — deyiladi bayonotda. Tunnel yaqinida harbiylar qurol-aslaha omborini aniqlagan, u yerda taxminan 20 ta portlovchi qurilma va tankka qarshi raketalar saqlangani qayd etildi.
Bu orada Isroil armiyasi 1,5 yillik urush davomida faqat HAMASga tegishli tunnellarning atigi to‘rtdan bir qismini yo‘q qilgan, deb yozdi The Jerusalem Post nashri armiyadagi manbalariga tayanib.
Nashrga ko‘ra, harbiylar G‘azo sektoridagi janglar bir yil, balki undan ham ko‘proq vaqt davom etishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Isroil harbiy tahlilchisi Yossi Yyehoshua Ynet nashridagi maqolasida muammo faqatgina yo‘q qilinmagan tunnellarda emasligini ta’kidlagan. Uning eslatishicha, o‘tgan yili Isroil armiyasi «Rafah» brigadasini to‘liq yo‘q qilgani haqida rasman hisobot bergan edi. Ammo yaqinda Bosh shtab boshlig‘i shaxsan o‘zi yaqinda harbiylarga ushbu brigada ustidan g‘alaba qozonish zarurligini ta’kidladi.
«Kim tushunmagan bo‘lsa: «Rafah» brigadasi kuldan qayta tirilgani yo‘q. U hech qachon butunlay mag‘lub etilmagan», — deb yozadi Yyehoshua.
Uning ta’kidlashicha, rasmiy bayonotlar va voqelik o‘rtasidagi bunday nomutanosibliklar jamoatchilikning Isroil armiyasiga bo‘lgan ishonchini zaiflashtirmoqda.
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

13:04 / 22.04.2025
Isroilning asl maqsadi, vafot etgan Rim papasi va Ukraina urushidan charchagan AQSh - kun dayjesti

12:15 / 22.04.2025
Isroil-HAMAS muzokaralarida uzoq muddatli sulh taklif etildi

16:46 / 21.04.2025
TSAHAL tekshiruvi: G‘azoda shifokorlar o‘limiga «operativ anglashilmovchilik» sabab bo‘lgan

12:27 / 21.04.2025