Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
Rasmiy tashrif doirasida ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Rossiya TIV
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Samarqand shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif doirasida ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
«Kommersant»ning yozishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashishi kutilmoqda.
«Uchrashuv davomida asosiy e’tibor hozirgi murakkab geosiyosiy vaziyatda tashqi siyosiy hamkorlikka qaratiladi», — deyiladi xabarda.
Tomonlar, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024 yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishni faollashtirish orqali Rossiya-O‘zbekiston har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
Mavzuga oid

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi

20:42 / 06.05.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

18:54 / 05.05.2025