Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp kosmik tadqiqotlar budjetini ikki barobarga qisqartirishga qaror qildi
Bu Marsdan tuproq namunalarini olib kelish va yangi kosmik teleskopini yaratish kabi yirik tashabbuslar to‘xtatilishiga olib kelishi mumkin.

Foto: SpaceX
AQSh prezidenti Donald Tramp 2026 yilda Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasi (NASA) ilmiy dasturlarini moliyalashtirishni ikki baravarga kamaytirishni taklif qildi, deb yozmoqda Bloomberg. NASA’ning budjet loyihalaridan xabardor manbalarga ko‘ra, bu qaror Marsdan tuproq namunalarini olib kelish va yangi Nancy Grace Roman kosmik teleskopini yaratish kabi yirik tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi to‘xtatilishiga olib keladi.
Manbalarning aytishicha, umumiy moliyalashtirish 20 foizga — 25 milliard dollardan 20 milliard dollargacha kamayadi. Eng katta qisqarish esa astrofizika, planetologiya, geliofizika va Yer tadqiqotlariga javobgar NASA’ning ilmiy direktoratida yuz beradi. Bu yo‘nalishdagi xarajatlar 7,5 milliard dollardan 3,9 milliard dollargacha qisqartirilishi rejalashtirilgan.
Xususan, astrofizika bo‘limi o‘z budjetining uchdan ikki qismini yo‘qotishi mumkin: 1,5 milliard dollar o‘rniga atigi 487 million dollar oladi. Geliofizikaga ajratiladigan mablag‘ ham 67 foizga qisqaradi — 455 million dollargacha. Yer tadqiqotlariga ajratiladigan mablag‘ 50 foizga — 1,03 milliard dollargacha, planetologiya yo‘nalishi esa taxminan 30 foizga kamayib, 1,93 milliard dollarni tashkil qiladi.
Budjet loyihasida fazoda allaqachon joylashtirilgan va ishlayotgan Hubble hamda James Webb teleskoplarini moliyalashtirishni davom ettirish taklif qilinmoqda. Biroq yulduzlar, galaktikalar va uzoq sayyoralarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan, hozirda NASA’ning Goddard kosmik parvoz markazida sinovdan o‘tkazilayotgan yangi Nancy Grace Roman teleskopi uchun mablag‘ ajratish rejalashtirilmayapti. Uni 2026 yil kuzida uchirish kerak edi. Teleskopning butun xizmat muddati davomida sarflanishi kerak bo‘lgan mablag‘ 4,3 milliard dollarni tashkil etadi.
Budjet loyihasidagi raqamlar va mablag‘lar taqsimoti hali o‘zgarishi mumkin. Hujjat 10 aprel kuni taqdim etilgan — bu Tramp tomonidan NASA rahbarligiga ko‘rsatilgan nomzod — milliarder va SpaceX missiyalari investori Jared Ayzekman boshqarma bir vaqtning o‘zida odamlarni Oy hamda Marsga uchirish dasturlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerakligi haqida gapirganidan keyin sodir bo‘ldi. Shuningdek, u Trampning maqsadi — yangi fan va kashfiyotlar oltin davrini boshlash ekanini ma’lum qilgan.
Trampning NASA budjetini qisqartirish rejalarini izohlar ekan, SpaceX asoschisi va Hukumat samaradorligi departamenti rahbari Ilon Mask bu yangilikni «xavotirli» deb atadi. «Men ilm-fanni qo‘llab-quvvatlayman, lekin afsuski, SpaceX NASA’ning asosiy pudratchisi bo‘lgani sababli, agentlik budjeti bo‘yicha muhokamalarda ishtirok eta olmayman», — deb yozdi u.
NASA moliyalashtirishdagi rejalashtirilgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘z mulohazalarini Oq uyning Ma’muriy va budjet boshqarmasiga taqdim etadi. 2026 yilgi yakuniy budjetni esa Kongress tasdiqlaydi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda bo‘g‘ma va kobra ilonlar tabiatga qo‘yib yuborildi
Jamiyat | 10:08
-
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin
Jahon | 10:03
-
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi
Jahon | 09:51
-
Bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 09:37
Mavzuga oid

07:20
Tramp sentabrda Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan keladi

23:36 / 15.07.2025
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi

22:31 / 15.07.2025
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?

15:27 / 15.07.2025