Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi
Slovakiya tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishida Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 18-paketiga qo‘ygan vetosini bekor qilmadi. Bratislava bilan muzokaralar davom etmoqda.

Foto: John Thys/AFP/Getty Images
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qarshi urushi uchun Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi. 15 iyul, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar kengashi yig‘ilishida Slovakiya paketga yana veto qo‘ydi.
«Bugun biz bu kelishuvga erisha olmaganimizdan juda xafaman. Aytishim kerakki, biz bunga juda yaqin edik», dedi Bryusseldagi yakuniy matbuot anjumanida Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas.
Bratislava 18-sanksiya paketini mazmuni tufayli emas, balki Yevropa Ittifoqining Rossiya energiya tashuvchilaridan voz kechish RePowerEU rejasi bo‘yicha imtiyozlarga ega bo‘lish maqsadida bloklamoqda. Slovakiya hukumati ushbu rejani bloklay olmaydi, chunki uni joriy qilish bir ovozdan qarorni talab qilmaydi.
Kallasning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya Bratislavaga so‘raganini bergan. «Endi to‘p Slovakiya tomonida va biz bu kelishuvni yakunlashimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi u va bu 16 iyulda sodir bo‘lishiga umid bildirdi.
Bratislava bilan munozara texnik darajada davom etadi. Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy hamkasblari bilan uchrashuvdan so‘ng bir necha soat ichida, ya’ni bugun kelishuvga erishish mumkinligini taxmin qildi. Bir qator Yevropa Ittifoqi davlatlari, jumladan Germaniya, Shvetsiya va Niderlandiya tashqi ishlar vazirlari 18-sanksiya paketini imkon qadar tezroq qabul qilish zarurligini ta’kidladi, Boltiqbo‘yi mamlakatlari vakillari esa Yevropa Ittifoqi 19-paketni hozirdanoq tayyorlashni boshlashi kerakligini bildirmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

16:14 / 02.08.2025
Jurnalistlar Ukrainada 121 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

10:57 / 02.08.2025