Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi
Octobank 9-10 aprel kunlari Toshkentda o‘tkazilgan E-commerce Central Asia Expo forumida O‘zbekiston elektron savdo sohasida yetakchi ekvayring banki sifatida maxsus mukofot bilan taqdirlandi.

Foto: Octobank
Bank 2024 yilda elektron to‘lovlar bo‘yicha eng yaxshisi deb tan olindi
Mukofotni tashkil etishda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi ishtirok etgan.
Mukofotni bank raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Po‘latovga topshirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi raisi Diyor Mirzaahmedov bankning raqamli to‘lovlar sohasidagi yorqin faoliyati va onlayn-biznesni qo‘llab-quvvatlashdagi muhim hissasini alohida ta’kidladi.
"Qabul qilingan mukofot biz uchun faqat tan olish emas, balki ekvayring sohasidagi tizimli ishimizga berilayotgan yuqori bahodir. Biz yangi texnologiyalarni joriy etish, onlayn-biznes va tadbirkorlik sektorini qo‘llab-quvvatlashda faol ish olib bormoqdamiz. Raqamli to‘lovlarni yanada tez, xavfsiz va qulay qilishga harakat qilmoqdamiz. Yuqori baholanganimizdan minnatdormiz va O‘zbekistonda elektron savdoni rivojlantirishdagi rolimizni yanada kuchaytirishda davom etamiz", — dedi Dilshod Po‘latov.
Forumda, yirik tadbirkorlar, ekspertlar, investorlar va texnologiya tashkilotlari ishtirok etdi, Octobank esa ekspozitsiya zonasida ishtirok etdi hamda tadbirning ishbilarmonlik dasturiga ko‘maklashdi.
Avvalroq Octobank Visa'dan 2024 yilda ekvayring tranzaksiyalarining rekord holatda amalga oshirilganligi uchun "Best e-com acquirer" nominatsiyasidan mukofot olingan edi.
Octobank 20 yildan ortiq vaqtdan beri O‘zbekiston bozorida raqamli infratuzilmani rivojlantirib, elektron savdoni o‘z mijozlariga qulay va oson qilishga xizmat qilib kelmoqda. Bugungi kunda 3 milliondan ortiq fizik shaxslar va 2500 dan ziyod korporativ mijozlar Octobank'ning xavfsizligi va xizmatining afzalliklarini baholamoqda.
Forum haqida: E-commerce Central Asia Expo – Markaziy Osiyoda elektron savdo ekosistemasini rivojlantirishga bag‘ishlangan eng yirik maydonlardan biri bo‘lib, mahalliy biznesni onlayn muhitga chiqarish, tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va zamonaviy E-commerce yechimlarini ilgari surishga qaratilgan.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hidi paykalni tutgan qovunlar: Toshloqda qovun pishdi
Jamiyat | 18:02
-
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
Jahon | 17:56
-
Tramp ma’muriyati noqonuniy migrantlarga qarshi kurashish uchun 20 ming askar so‘radi
Jahon | 17:49
-
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
Iqtisodiyot | 17:27
Mavzuga oid

15:00 / 06.05.2025
Octobank “2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun” mukofotiga sazovor bo‘ldi

17:00 / 01.05.2025
Octobank'ning 2025 yildagi dastlabki natijalari: jadal o‘sish va xalqaro miqyosdagi e’tirof

11:00 / 02.04.2025
Octobank «Barqaror» prognoz bilan Moody’s xalqaro kredit reytingiga sazovor bo‘ldi

10:00 / 03.02.2025