Tramp ma’muriyati noqonuniy migrantlarga qarshi kurashish uchun 20 ming askar so‘radi
Qo‘shma Shtatlarda harbiy kuchlardan foydalanish bo‘yicha cheklovlar mavjud va Pentagon odatda ichki tadbirlar uchun askarlarni jalb qilishni istamaydi.

Foto: REUTERS
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi (DHS) noqonuniy migrantlarga qarshi kurash doirasida Pentagondan 20 ming Milliy gvardiya askarini so‘radi, deb xabar berdi The New York Times (NYT).
Bu talab prezident Donald Tramp DHS xodimlarini 20 mingga ko‘paytirishni so‘raganidan keyin paydo bo‘ldi, deb qayd etdi NYT.
Qo‘shma Shtatlarda harbiy kuchlardan foydalanish bo‘yicha cheklovlar mavjud va Pentagon odatda ichki tadbirlar uchun askarlarni jalb qilishni istamaydi.
Tramp prezidentligi davrida Pentagon noqonuniy migrantlarga qarshi kurashish uchun chegaraga minglab askar, Stryker zirhli jangovar mashinalari, U-2 josus samolyotlari, dronlari, vertolyotlari va ikkita harbiy kemasini yuborgan.
Nashrning ta’kidlashicha, agar Trampning o‘tmishdoshi Jo Baydenning vakolat muddati oxirida chegarada 2,5 mingga yaqin faol harbiy xizmatchi bo‘lsa, hozir ularning soni 8,5 mingdan oshgan.
Respublikachi prezident mart oyida ta’kidlaganidek, amerikaliklar Ukraina kabi boshqa muammolardan ko‘ra «zo‘ravon to‘dalar, narkobaronlar, qotillar va ruhiy muassasalarda hisobda turadigan odamlarning mamlakatga kirib kelishidan» ko‘proq tashvishlanishi kerak. U AQSh «Yevropa kabi» oqibatlarga olib kelmaslik uchun noqonuniy migrantlarga qarshi keskin choralar ko‘rishi kerakligi haqida ogohlantirdi.
Avvalroq, Tramp ma’muriyati faoliyatining ilk yilida 1 milliongacha noqonuniy migrantni deportatsiya qilish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. Yiliga 400 mingdan ortiq deportatsiya bo‘yicha avvalgi rekord prezident Barak Obama (2009-2017) davrida o‘rnatilgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi
Jahon | 00:50
-
Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi hibsga olindi
Jahon | 00:11
-
Pokiston Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi
Jahon | 00:06
-
Ukraina dronlari Rossiyaga zarba berish uchun Qozog‘iston uzra uchgani ma’lum qilindi
Jahon | 23:43 / 21.06.2025
Mavzuga oid

22:13 / 21.06.2025
Rossiya budjeti 2024 yilda migrantlarning patentidan 1,5 mlrd dollar ishladi

18:13 / 21.06.2025
Trampning maxsus vakili Kellog Minskda Lukashenko bilan uchrashdi

11:20 / 21.06.2025
AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi

00:59 / 21.06.2025