O‘zbekiston | 12:17 / 10.04.2025
1318
1 daqiqa o‘qiladi

Budapeshtda Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi

Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov rahbarlik qildi.

Delegatsiyalar rahbarlari 2025 yil may oyida Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan TDT norasmiy sammitining barcha tashkiliy-protokol masalalarini va mazmunini muhokama qildilar.

Bundan tashqari, tadbir davomida tomonlar konstruktiv ruhda Turkiy hamkorlik tashkilotlarining 2025 yilga mo‘ljallangan harakatlar rejasi loyihasini ko‘rib chiqdilar va tasdiqladilar.

Mavzuga oid