O‘zbekiston TDTga a’zo davlatlar bilan birga qo‘shma ilmiy sun’iy yo‘ldosh yaratadi
Qozog‘istonning "Kazaxstanskaya pravda" gazetasi O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan birgalikda 2026 yilda sun’iy yo‘ldoshni uchirishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekkosmos
Bu haqda "O‘zbekkosmos" agentligining aerokosmik faoliyatni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Ibrohimov Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb ta’kidlangan nashrda.
Anjumanda O‘zbekiston kosmik monitoring ma’lumotlari bilan ishlash infratuzilmasini yaratishda sezilarli yutuqlarga erishilgani qayd etildi. Agar 2022 yilda zarur ko‘nikmalar va bozor yo‘qligi sababli mahalliy sun’iy yo‘ldoshni uchirish g‘oyasi erta bo‘lib tuyulgan bo‘lsa, endi vaziyat o‘zgardi. O‘zbekistonda davlat va xususiy sektorni qamrab oluvchi 600 ming kvadrat kilometrdan 1 million kvadrat kilometrgacha bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini qayta ishlash bozori shakllandi.
Ayni vaqtda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bilan hamkorlikda ilmiy sun’iy yo‘ldosh ishlab chiqilmoqda. O‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshning umumiy loyihaga birlashtiriladigan texnologik qismini yaratishda ishtirok etmoqda. Ishga tushirish 2026 yilning o‘rtalariga mo‘ljallangan.
"Bundan tashqari, "O‘zbekkosmos" bo‘lim rahbari Ismoil Rasulov Yaponiyaning Kyusyu texnologiya instituti bilan shartnoma tuzilganini ma’lum qildi. Hamkorlik doirasida 2025 yilda O‘zbekistonning yetti jamoasi o‘z sun’iy yo‘ldoshlarini ishlab chiqish, loyihalash va yig‘ishni boshlaydi", – deyilgan xabarda.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

21:52 / 11.05.2025
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi

15:01 / 05.05.2025
«CanSat Uzbekistan-2025» musobaqasining final bosqichidan fotoreportaj

07:50 / 29.04.2025
Amazon orbitaga Starlink uchun raqobatchi bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi

18:36 / 10.04.2025