Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda
Dastlab parvozlar har yakshanba kuni amalga oshiriladi. 4 sentabrdan ushbu yo‘nalish bo‘yicha chorshanba kunlari amalga oshiriladigan reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Foto: Dunyo
Shu yil 30 iyun kunidan boshlab O‘zbekistonning Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent–Budapesht–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, ushbu kelishuv ikki mamlakat tashqi ishlar va transport vazirliklari o‘rtasida olib borilgan samarali muzokaralar natijasidir.
Dastlab parvozlar har yakshanba kuni amalga oshiriladi. Shuningdek, Qanot Sharq aviakompaniyasi joriy yil 4 sentabrdan boshlab ushbu yo‘nalish bo‘yicha chorshanba kunlari amalga oshiriladigan reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Toshkent–Budapesht–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovlarining amalga oshirilishi sayyohlar, ishbilarmonlar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi
Jahon | 15:10
-
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida
Jahon | 15:04
-
Burchmullada yirik shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 15:01
-
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi
Iqtisodiyot | 14:57
Mavzuga oid

15:07 / 20.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriya ishbilarmonlari bilan uchrashdi

12:36 / 11.01.2025
Viloyatlararo 10 ta yangi yo‘nalishda katta hajmli avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

15:18 / 04.12.2024
Toshkent-Guangjou yo‘nalishida yangi havo qatnovi ochildi

15:00 / 16.10.2024