«Oltinlarimiz qayerda?» - nemislar AQShdagi zaxiralar yuzasidan xavotir bildirdi
AQSh prezidenti Germaniyaning eng muhim sanoatlariga zarba berishga harakat qilmoqda. Uning o‘rinbosari Jyey Di Vens esa Germaniyaga bepisandlarcha munosabatda. Ularga yaqin shaxs hitlercha salyut otishga o‘xshash harakatlar qilmoqda va ochiqchasiga Germaniyadagi saylovlarga aralashib, konstitutsion tuzumga tahdid deb qaraladigan o‘ta o‘ng partiyani qo‘llamoqda.

Foto: Deutsche Welle
Shunday sharoitda Germaniyada ayrim siyosatchilar dunyoning eng ishonchli zaxira omborlaridan biri sifatida qaralib kelingan AQSh ham endilikda xavfsiz joy bo‘lmasligi mumkinligidan xavotirga tushmoqda, deb yozmoqda Politico.
Germaniya dunyodagi eng yirik oltin zaxiralariga ega bo‘lib, ularning 37 foizi — taxminan 1236 tonna yoki 113 milliard yevroga teng qismi Nyu Yorkdagi AQSh Federal zaxira tizimi (Federal Reserve) omborlarida saqlanadi. Ushbu zaxiralar zarurat tug‘ilganda Germaniya Markaziy banki (Bundesbank) uchun AQSh dollari yoki boshqa barqaror valutaga almashtirish imkonini kafolatlaydi.
1945 yildan to yaqingacha, bu oltinlar xavfsiz joyda emas, degan fikrning o‘zi kulgili tuyulardi. Ammo Germaniyaning Ikkinchi jahon urushidan keyingi barqaror hayotidagi ko‘plab ishonchli tamoyillar so‘nggi vaqtlarda yo‘qqa chiqmoqda. Yaqinda Germaniyada davlat qarzlari bo‘yicha belgilangan chegara bekor qilingani ham bunday «hech qachon» degan tushunchalar endi haqiqatdan uzoq emasligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z vakolatlarining chegaralarini kengaytirishga tayyor ekani va sud tizimi ustidan prezidentlik ustuvorligini ilgari surayotgani qayd etilayotgan bir paytda.
Germaniyaning Bild nashri xabar qilishicha, hukumatni tark etayotgan Germaniyaning Xristian demokratlar ittifoqi (CDU) a’zosi Marko Vandervitst ham ushbu xavotirni bildirdi.
Vandervitst 2012 yildayoq ushbu oltin zaxiralarini tekshirishni so‘rab, Germaniya Markaziy bankini o‘z oltinlari ustidan nazoratni kuchaytirish yoki ularni Germaniyaga qaytarishga undagan, ammo bu urinish muvaffaqiyatsiz tugagan edi.
«Albatta, bu savol hozir yana qayta kun tartibiga chiqmoqda», — degan Vandervitst Bild nashriga.
Yevropa parlamenti deputati, CDU vakili Markus Ferber ham AQShdagi oltin zaxiralariga nisbatan nazoratni kuchaytirishga chaqirgan.
«Germaniya Markaziy banki rasmiylari shaxsan borib, oltin quymalarini sanab chiqishi va natijalarni rasman hujjatlashtirishi kerak», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Bild.
Ilgari rasmiy omborlardagi oltin xavfsiz joyda emas, degan g‘oya ko‘proq qo‘rqinchli hayqiruvchilar va nazariyachilarga xos, deb qaralardi. Ammo hozirda bunday fikrni aynan Tramp ma’muriyatining ta’sirli shaxslaridan biri, milliarder Ilon Mask ilgari surmoqda. U hatto AQShning o‘z oltin zaxiralarini tekshirishni taklif qilgan.
Germaniya Markaziy banki uchun mamlakatning eng muhim moliyaviy aktivi hisoblangan oltin zaxiralarini xavfsiz boshqarish — ustuvor vazifa. Uning birinchi qoidasiga ko‘ra Bullion Club haqida gapirilmaydi va eng muhimi — boshqa a’zolarga nisbatan shubha ham bildirilmaydi.
«Nyu Yorkdagi Federal zaxira tizimidagi hamkorlarimiz — ishonchli va ishongan sheriklarimizdir», — degan edi bank prezidenti Yoaxim Nagel fevral oyidagi matbuot anjumanida. Politico so‘roviga javoban bank ushbu bayonotni yana takrorlagan. «Bu masala meni tungi uyqudan mahrum qilmaydi. AQSh Markaziy bankidagi hamkasblarimizga to‘liq ishonaman», — deb qo‘shimcha qilgan u.
O‘n yilcha oldin ham xuddi shunday fursat sodir bo‘lgan edi. O‘shanda asosiy xavotir Germaniyaning jamg‘arilgan boyligi yevrohududdagi boshqa mamlakatlarni qutqarishga sarflanishi bo‘lgan. 2013 yilda o‘ng qanot populistlari boshchiligidagi harakat keng jamoatchilikda aks sado berib, hatto o‘shandagi kansler Angela Merkelni ham noqulay ahvolga solgan. Buning oqibatida Germaniya Fransiya Markaziy banki omborida saqlanayotgan barcha oltinni vataniga qaytargan.
Hozir Germaniya Markaziy banki oltin zaxiralarining yarmidan ko‘prog‘ini Frankfurtda saqlaydi. AQShdan tashqari, qolgan 13 foizi Buyuk Britaniya Markaziy bankida joylashgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dunyoda o‘tgan yili 1518 kishi qatl etildi - bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich
Jahon | 17:55
-
Tramp rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini e’lon qildi
Jahon | 17:37
-
AQSh O‘zbekistonga noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston | 17:07
-
Chorsudagi beshik bozorida do‘konlardan biri yonib ketdi
Jamiyat | 17:05
Mavzuga oid

17:37
Tramp rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini e’lon qildi

17:07
AQSh O‘zbekistonga noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi

16:50
Trampning savdo urushi. Bu jahon iqtisodiyotini tanazzulga olib keladimi?

14:15