Fransiya antimonopoliya regulyatori Appleʼni 150 mln yevro jarimaga tortdi
Amerika kompaniyasi dasturiy ta’minot bozori qoidalarini buzishda aybdor deb topildi.

Foto: AP
Fransiyaning Autorite de la concurrence antimonopoliya regulyatori Amerikaning Apple kompaniyasini 150 million yevro jarimaga tortdi. Regulyator bayonotida ta’kidlanishicha, kompaniya iOS va iPadOS operatsion tizimlariga ega qurilmalariga mobil ilovalarni tarqatishda ustun mavqeyini suiiste’mol qilgan.
Qonunbuzilishi 2021 yil apreldan 2023 yil iyulgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Nazorat organining aniqlashicha, ilovalarning foydalanuvchi faoliyatini kuzatish imkoniyatlarini tartibga soluvchi tizim — App Tracking Transparency (ATT) mexanizmi Apple tomonidan e’lon qilingan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish maqsadiga erishish uchun zarur emas.
2021 yilda ishga tushirilgan ATT ilovani ishlab chiqqan dasturchilarga foydalanuvchilardan o‘zlarining faolligini kuzatishga ruxsat berishlarini so‘rash majburiyatini yuklaydi.
«Ushbu mexanizmni joriy etish bir nechta ruxsat so‘rovchi oynalarning paydo bo‘lishiga olib kelgan, bu esa uchinchi tomon ilovalari va iOSʼdan foydalanishni juda murakkablashtirgan», — deyiladi regulyator xabarida.
Bundan tashqari, mazkur oynalar bilan bog‘liq qoidalar «mexanizmning neytralligiga putur yetkazgan, natijada, ilova ishlab chiquvchilar va reklama xizmatlari yetkazib beruvchilarga iqtisodiy zarar yetkazilgan».
Apple Fransiya hukumatining qaroridan hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi, biroq regulyator ATT mexanizmini o‘zgartirish bo‘yicha aniq talablar qo‘ymaganini ta’kidladi. Qayd etilishicha, ushbu tizim foydalanuvchilarga shaxsiy ma’lumotlari ustidan qo‘shimcha nazorat imkoniyatini beradi va iste’molchilar, faollar hamda ma’lumotlar himoyasi bo‘yicha rasmiy organlar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlangan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada barcha noutbuklarga mahalliy operatsion tizim o‘rnatish majburiyati yuklanadi
Jahon | 19:32
-
Tramp ma’muriyati Serbiyadan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilishni so‘radi
Jahon | 19:26
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 18:34
-
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi
Jahon | 18:26
Mavzuga oid

10:47 / 31.05.2025
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

23:26 / 30.05.2025
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi

21:21 / 28.05.2025
Fransiya yangi atom suvosti kemasini taqdim etdi

20:15 / 27.05.2025