Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA rahbari Eron yadro quroli ishlab chiqarayotganiga hech qanday dalil yo‘qligini aytdi
Biroq Eron tomonidan yuzaga keltirilgan noaniqlik «har doim yomon belgi» ekanini ta’kidladi.

Foto: Getty images
Xalqaro atom energiyasi agentligi (AEXA) Eron yadroviy qurol yaratishga urinayotgani haqida aniq dalillarga ega emas, biroq Eron tomonidan yuzaga keltirilgan noaniqlik «har doim yomon belgidir», dedi agentlik bosh direktori Rafael Grossi.
Dunyoning hech bir davlati Eron kabi uranni 60 foizgacha boyitmaydi, bu texnik jihatdan deyarli 90 foizga, ya’ni yadro quroli yaratish uchun zarur bo‘lgan darajaga yaqin, dedi Grossi matbuot anjumanida, Eron bunga qanchalik yaqin ekani haqidagi savolga javob berar ekan.
«Ayni paytda biz siyosiy tahlilchilar yoki hukumat amaldorlari emas, balki inspektormiz. Yadro quroli bo‘yicha faol dastur borligini aytish uchun bizga aniq dalillar kerak va biz buni ko‘rmadik. Ammo bu ular jiddiy tashvishlanadigan zonada emasligini anglatmaydi», dedi Grossi.
Avvalroq, Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya oldidan Eron atom bombalari uchun portlatgichlar tayyorlashni boshlagani haqida razvedka ma’lumotlari borligini ma’lum qilgan edi.
AQSh bunday ma’lumotlarga ega emas, bu uning Isroil zarbalariga qo‘shilishni istamasligini qisman tushuntiradi.
Mavzuga oid

08:07 / 10.07.2025
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

18:48 / 09.07.2025
XAEA rahbari Yevropa davlatlarini yadro quroliga ega bo‘lishga urinishdan qaytardi

13:05 / 09.07.2025
Fransiya razvedkasi: Eronning yadroviy dasturi «uzoq vaqtga» kechiktirildi

05:05 / 09.07.2025